O始zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar bo始yicha respublika kengashi hamda O始zbekiston Respublikasining 袗dabiyot, san始at va me始morchilik sohasidagi davlat mukofotlari bo始yicha kengashining qarorlariga muvofiq 2021-yilda berilishi rejalashtirilgan O始zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlariga tavsiyanomalarni taqdim etish muddati 2022-yilning 25-yanvariga qadar uzaytirildi.
O始zbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga taqdim etiladigan ishlarga qo始yiladigan talablar bilan tanishish va zarur bo始lgan hujjatlarni tayyorlash bilan bog始liq masalalar bo始yicha quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin:
Fan va texnika sohasida Davlat mukofoti bo始yicha:
100047, Toshkent shahri,
Yahyo G始ulomov ko始chasi, 70-uy, 317-xona.
Tel.: 71 – 233-59-46, 71 – 236-77-07.
袗dabiyot, san始at va me始morchilik sohasidagi Davlat mukofoti bo始yicha:
100011, Toshkent shahri,
袗lisher Navoiy ko始chasi, 30-uy, 308-xona.
Tel.: 71 – 244-41-60, 71 - 244-41-62.
O始zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Fan va texnologiyalar bo始yicha respublika kengashi hamda
O始zbekiston Respublikasining 袗dabiyot, san始at va me始morchilik sohasidagi
davlat mukofotlari bo始yicha kengashi.