馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Rasmiy xabar! Fan va texnika sohasida Davlat mukofotiga nomzodlarni saralash uchun tanlov boshlangani e始lon qilinmoqda


O始zbekiston Respublikasi Prezidentining “O始zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san始at va me始morchilik sohasidagi davlat mukofotlarini ta始sis etish to始g始risida” 2006 yil 25 iyuldagi PF–3781-son Farmoniga asosan hamda O始zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fan va texnologiyalar bo始yicha respublika kengashi faoliyatini tashkil etish to始g始risida” 2019 yil 27 noyabrdagi 953-son qaroriga muvofiq Fan va texnika sohasida Davlat mukofotiga quyidagi ishlar bo始yicha hujjatlar qabul qilinadi:

 

 - respublika fanini rivojlantirishga ulkan hissa bo始lib qo始shilgan va xalqaro miqyosda e始tirof etilgan fundamental tadqiqotlar, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va ma始naviy-ma始rifiy rivojlanishiga kuchli ta始sir qilgan kashfiyot, ixtiro va ilmiy ishlanmalar, jahon miqyosidagi eng ilg始or standartlarga mos bo始lgan va amaliyotga katta samara bilan joriy etilgan yangi texnika va texnologiyalar (birinchi darajali mukofot uchun);

 - respublika fanining muayyan tarmoqlarini rivojlantirishga salmoqli hissa bo始lib qo始shilgan va xorijiy mamlakatlarda e始tirof etilgan fundamental tadqiqotlar, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va ma始naviy-ma始rifiy rivojlanishiga sezilarli ta始sir ko始rsatgan ixtirolar, ilmiy ishlanmalar, ta始lim muassasalari uchun darsliklar, ilg始or standartlarga mos bo始lgan va ishlab chiqarishga samarali joriy qilingan yangi texnologiyalar (ikkinchi darajali mukofot uchun).

 

Tanlovda ishtirok etish shartlari:

Davlat mukofoti shaxsiy xarakterga ega va qoidaga ko始ra bitta shaxsga beriladi.

Davlat mukofotiga tavsiya etilgan ishda bir necha shaxsning hissasi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo始lgan taqdirdagina Davlat mukofoti mualliflar jamoasiga berilishi mumkin. Mualliflar jamoasi besh kishidan oshmasligi kerak.

Bir necha shaxslar tomonidan bajarilgan ishlarni mukofotga taqdim etishda da始vogarlar jamoasiga faqat ishni bajarishda bevosita ijodiy ishtiroki eng yuksak darajada va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo始lgan asosiy mualliflargina kiritiladi. Mualliflar jamoasi tarkibiga maslahatchilik, ma始muriy va tashkiliy ishlarni bajargan shaxslarni kiritishga yo始l qo始yilmaydi.

Mualliflar jamoasi tarkibiga vafot etgan, lekin ishni bajarilishida qo始shgan hissasi ahamiyatga ega bo始lgan shaxslar ham kiritilishi mumkin.

Davlat mukofotiga hukumatning boshqa mukofoti bilan ilgari taqdirlangan mualliflar ham istisno tariqasida tavsiya etilishi mumkin.

Davlat mukofotiga ko始rsatilayotgan ilmiy tadqiqotlar matbuotda e始lon qilingan, texnika va texnologiyalar bo始yicha bajarilgan ishlar ishlab chiqarishga joriy etilgan bo始lishi kerak.

 

Tanlovga quyidagi ishlar qo始yilmaydi:

ular bo始yicha fan va texnika sohasida oldin Davlat mukofoti berilgan ishlar;

avval ko始rib chiqilgan, biroq Davlat mukofotiga tavsiya etilmagan ishlar.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar tashkilotlar tomonidan beriladigan Davlat mukofotiga nomzodlar bo始yicha tavsiyanomaga asosan qabul qilinadi.

Tavsiyanoma tegishli tashkilotning rasmiy blankasida tashkilot rahbari tomonidan imzolangan holda taqdim etiladi. Rahbarning o始zi mukofotga da始vogarlar tarkibiga kirgan holatdagina xatni rahbarning o始rinbosari imzolaydi.

Tavsiyanomada quyidagilar ko始rsatilishi zarur:

- muallif (mualliflar jamoasi uchun – har bir muallif)ning familiyasi, ismi va otasining ismi (pasport bo始yicha), tug始ilgan yili va joyi, yashash manzili, ishlash joyi yoki faoliyat turi, ilmiy darajasi va unvoni (mualliflarning familiyalari alifbo tartibida ko始rsatiladi);

- ishning nomi;

- ishning taqdim etilishini asoslovchi natijalar, texnik-iqtisodiy ko始rsatkichlar va ma始naviy-ma始rifiy ahamiyati, amalga oshirilish ko始lami;

- uning tugallangan, nashr qilingan va va ishlab chiqarishga joriy etilgan vaqti.

 

Tavsiyanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

ishni taqdim etish haqida, uning nomi, mukofotga da始vogarlarning familiyasi, ismi va otasining ismi ko始rsatilgan holda muassasa ilmiy yoki ilmiy-texnika kengashi majlisining, vazirlik hay始atining va boshqa tegishli majlislar bayonnomasidan ko始chirma;

talabgor haqidagi ma始lumotnoma (yoki har bir talabgorga — agar tavsiyanoma mualliflar guruhining ishlariga berilayotgan bo始lsa);

talabgorga tavsifnoma (yoki har bir talabgorga — agar tavsiyanoma mualliflar guruhining ishlariga berilayotgan bo始lsa);

fuqarolik pasporti nusxasi (yoki har bir talabgorga — agar tavsiyanoma mualliflar guruhining ishlariga berilayotgan bo始lsa);

asosiy ish joyi bo始yicha kadrlar bo始limi tomonidan tasdiqlangan talabgorning mehnat daftarchasi nusxasi (yoki har bir talabgorga — agar tavsiyanoma mualliflar guruhining ishlariga berilayotgan bo始lsa);

oliy ma始lumot, ilmiy daraja va unvon to始g始risidagi diplomlar nusxalari (yoki har bir talabgorga — agar tavsiyanoma mualliflar guruhining ishlariga berilayotgan bo始lsa);

asosiy ish joyi bo始yicha tasdiqlangan ilmiy ishlar ro始yxati (yoki har bir talabgorga — agar tavsiyanoma mualliflar guruhining ishlariga berilayotgan bo始lsa);

oldin ijodiy ishlar e始tirofi sifatida berilgan mukofot(lar) guvohnomasi (guvohnomalari)ning nusxasi;

Davlat mukofotlari to始g始risidagi nizomga muvofiq respublikada fan va texnikani rivojlantirishga qo始shgan xissasi to始g始risidagi asosnoma (hajmi 10 sahifadan oshmasligi, muallif yoki mualliflar tomonidan imzolanishi kerak) hamda bir sahifalik annotatsiya (elektron varianti bilan);

- ilmiy ishlar, monografiyalar, darsliklarning nashrlari, mashina va mexanizmlar, yangi materiallar, konstruktsiyalar tavsiflari, ishlab chiqarishga joriy etilgan ishlarning dalolatnomalari, ixtirolarning bayonlari, qo始shimcha chizma, sxema, xarita, fotoal褜bom va maketlar, hajmli-fazoviy va boshqa shakllarda chop etilgan nusxalari (ta始lim muassasalari uchun darsliklar bo始yicha tegishli vazirlik va idoralarning xulosalari ilova qilinadi);

mualliflar jamoasi tomonidan bajarilgan ishlar uchun har bir muallifning ishga qo始shgan ijodiy hissasi aniq ko始rsatilgan, har bir muallif tomonidan imzolangan va tasdiqlangan dalolatnoma;

har bir muallif uchun 4x6 sm. o始lchamli rangli fotosurat yopishtirilgan xodimlarni hisobga olish varaqasi hamda ma始lumotnoma-ob始ektivka va tasifnoma (elektron varianti bilan);

 

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar uch nusxada taqdim etiladi.

Taqdim etiladigan hujjatlar nusxalarining har bir yig始masi alohida jildga solinadi. Chop etilgan ilmiy maqolalar, monografiyalar bir nusxadan ham jildga solinadi. Jild ustiga ishni taqdim etuvchi muassasa nomi, ishning nomi va muallif(lar) familiyasi, ismi va otasining ismi to始liq yoziladi.

 

Tanlovda ishtirok etish hujjatlar Fanlar akademiyasi tomonidan quyidagi manzil bo始yicha 2021 yilning 25 yanvarigacha qabul qilinadi:

100047, Toshkent shahri,

Yahyo G始ulomov ko始chasi, 70-uy, 317-xona.

 

Tanlovda ishtirok etish bilan bog始liq masalalar bo始yicha qo始shimcha axborot olish uchun quyidagi telefon raqamiga murojaatlar qabul qilinadi – Tel.: 71 – 233-59-46.

 

         O始zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Fan va texnologiyalar bo始yicha respublika kengashi


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!