Xabaringiz bormi, yo始qmi: “Qadring baland bo始lsin, ona tilim” an始anaviy tanlovi bu yil o始zbek tilini rivojlantirishga doir ilmiy faoliyatni rag始batlantirish maqsadida “O始zbek tilini rivojlantirishga doir eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha” nominatsiyasini ham e始lon qilgan.
Ilmiy ishlanmalaringiz, loyihalaringiz, monografiya, taqdimot va boshqa shu yo始nalishdagi natijalaringizni tanlovga yuboring. Bu nafaqat biron sovg始alik bo始lish, balki, eng avvalo, sizni olim, tadqiqotchi sifatida keng maydonga chiqishingiz va e始tirof qozonishingiz uchun bir imkoniyat.
Tanlov Innovatsion rivojlanish vazirligi, Vazirlar Mahkamasining Ma始naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda O始zbek tilini rivojlantirish jamg始armasi bilan hamkorlikda o始tkazilmoqda.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar til-tanlov@mininnovation.uz elektron pochtasi orqali joriy yilning 31 iyuliga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Tanlov bilan bog始liq masalalar bo始yicha Innovatsion rivojlanish vazirligining qo始llab-quvvatlash xizmati: +99871 203-32-23 (232).
Batafsil: https://mininnovation.uz/uz/competitions/3174