O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti GMP talablari bo‘yicha dori vositalari substantsiyalarni ishlab chiqarish ilmiy-texnologik markazida mamlakatimiz ilmiy markazlari va muassasalari olimlarining fundamental izlanishlari natijasida yaratilgan innovatsion ishlanmalarni tadbiq etish va farmatsevtik korxonalarga import o‘rnini bosuvchi va eksportbop 40 ga yaqin dori vositalari va generik substantsiyalarni ishlab chiqarish texnologiyalari yo‘lga qo‘yilgan.