Manzil: |
100060, Toshkent sh., Shahrisabz tor ko'chasi, 5 |
Direktor: | Usarova Feruza Xalmatovna |
Теlifon: | (+998 71) 2333701 |
Faks: | (+998 71) 2333701 |
Sayt: | http://tmarkaz.uz |
O'zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz 2012 yil 27 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan tashkil qilingan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi PQ–2789-son qaroriga asosan Markaz Fanlar akademiyasiga o'tkazildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi PQ–3105-son qarori bilan Markazning faoliyat asoslari belgilab berildi. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O'zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz O'zbekistonning eng yangi tarixini tadqiq etish va o'qitish samaradorligini, mazkur sohada ilmiy, o'quv-metodik adabiyotlar, ma'naviy-ma'rifiy ishlar sifatini oshirishga ko'maklashish maqsadida tashkil etilgan, jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi idoralararo ilmiy-muvofiqlashtirish va maslahat organi – O'zbekistonning eng yangi tarixi bo'yicha Jamoatchilik kengashining ishchi organi hisoblanadi. Markaz o'z faoliyati doirasida xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va xalqaro jamg'armalar bilan hamkorlik qiladi, «O'zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari» jurnalini nashr etadi. Markaz O'zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari bo'yicha xalqaro va respublika konferentsiya va seminarlarini o'tkazadi, o'quv va ilmiy-uslubiy adabiyotlarni chop etadi. O'zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy nazariy-metodologik, fanlararo yondashuvlarga, tarixiylik va xolislik tamoyillariga asoslangan holda tizimli o'rganishni tashkil etish, O'zbekistonning eng yangi tarixi bo'yicha dolzarb muammolarni ishlab chiqish; fuqarolarda tarixiy xotira, milliy o'zlikni anglash, yuksak ma'naviyat, xalqning tarixiy an'analari, madaniy merosiga hurmatni shakllantirishga ko'maklashish; O'zbekiston tarixi bo'yicha zamonaviy chet el ilmiy va o'quv adabiyotlarini o'rganish, hozirgi O'zbekistonning tarixiy o'tmishi, sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi, mamlakatda olib borilayotgan demokratik islohotlar to'g'risidagi xolis axborotni keng xalqaro jamoatchilikka etkazish; davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida O'zbekistonning eng yangi tarixi tadqiqotlari bo'yicha ilmiy-texnika loyihalari tanlovlarini vazifalari ro'yxatiga kiritish uchun takliflar ishlab chiќish; O'zbekistonning eng yangi tarixi bo'yicha o'quv, o'quv-metodik adabiyotlar yaratish yuzasidan tanlovlar o'tkazishda ishtirok etish.