Manzil: | 100053, Tashkent sh., Bagishamol, 232 |
Direktor: | Xolmatov Baxtiyor Rustamovich |
Telefon: | (+998 71) 2890465 |
Fax: | (+998 71) 2891060 |
Sayt: | zoology.uz |
.
Zoologiya instituti 1950 yilda tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 7 fevralda “O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining ilmiy muassasalari tuzilmasini yanada maqbullashtirish va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi 33-sonli qaroriga binoan Institut reorganizasiya bo'ldi va “Botanika” IICHM bilan birlashtirildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 sentyabrda “O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi botanika instituti va zoologiya instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida” gi №3256-soni qaroriga muvofiq Zoologiya instituti Fanlar akademiyasi tizimidagi mustaqil struktura sifatida yangidan tashkil etildi. O'zining 68 yillik tarihi mobaynida institut zoologiya fanining rivojlanishiga muhim hissa qo'shdi: “O'zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiyasi va harakatlar rejasi”, O'zbekiston Respublikasi qizil kitobi, Parazitizmning biologik asoslari va qishloq xo'jalik hayvonlari parazitar kasalliklarining oldini olish choralari, zararkunandalardan o'simliklarni uyg'unlashgan ximoya qilish metodlari, ovlanadigan hayvonlardan barqaror foydalanish ilmiy asoslari ishlab chiqilgan va joriy etilgan. Fundamental va amaliy tadqiqotlar natijasida O'zbekiston faunasida umurtqasiz parazit organizmlar, qisqichbaqasimonlar, xasharotlar va umurtqali hayvonlar bir qancha guruhlarining tarkibi va harakat qilishi o'rnatilgan. Ushbu guruhlarning yashash muxitiga moslashish mehanizmlari, suv va quruqlik ekosistemalarida faunistik komplekslarning shakllanish qonuniyatlari aniqlangan. Xalq xo'jaligi sohasi uchun amaliy ahamiyatga ega dominant turlar aniqlangan. Termitlarga qarshi kurashda yuqori samara beradigan preparatlarni olish prinsiplari asoslab berilgan. qishloq xo'jalik o'simliklari zarurkunandalariga qarshi kurashda qo'llaniladigan suvda namlanuvchi oltingugurt yangi shakllarini olish tehnologiyasi ishlab chiqilgan. Uy va yovvoyi hayvonlar parazitar kasalliklarining oldini olish uchun preparatlarning yangi avlodlari tavsiya etilgan. hayvonot dunyosi bioresurslardan oqilona foydalanish prinsiplari va bioxilmaxillikni saqlash metodlari aniqlangan. Fundamental, amaliy va innovasion tadqiqotlar natijalaridan xalq xo'jaliging turli tarmoqlarida ma'lum darajada social-iqtisodiy samara bilan foydalanib kelinmoqda.