Manzil: | 100052, Toshkent sh., Astronomiya ko'chasi, 33 |
Direktor: | Ehgamberdiev Shuhrat Abdumannapovich |
Telefon: | (+998 71) 235-81-02 |
Faks: | (+998 71) 234-48-67 |
Sayt: | http://astrin.uz |
O‘zR FA Astronomiya instituti (Toshkent astronomiya observatoriyasi 1873-1966 yy.) – nafaqat O‘zbeistonda, balki butun Markaziy Osiyoda qadimiy ilmiy maskanlardan biridir. Institut xodimlari 145 yil davomida astronomiya, astrofizika, astrometriya, geodeziya, meteorologiya, gravimetriyaning turli muammolari bo‘yicha tadqiqot olib borishgan. Hal qilingan masalalardan – Markaziy-Osiyo aholi punktlarining geografik koordinatalarini aniqlash, aniq vaqt xizmati, Quyosh va uning faolligini monitor qilish, sun’iy yo‘ldosh geodinamikasi – muhim amaliy ahamiyatga ega.
1993 yil 9 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №599 «Balantog‘ astronomik observatoriyasi kompleks xizmat ko‘rsatish haqida» farmoniga muvofiq Kitob balandtog‘ astronomik observtoriyasi kompleksi tashkil qilindi va Astronomiya instituti tarkibiga kiritildi. Ushbu Farmonni amalga oshirish va undagi vazifalarni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi 1993 y. 7 aprelda №175 «Kitob balantog‘ astronomik observatoriyasi kompleksining ishlarini tashkil etish haqida» Qaror qabul qildi.
Kompleks tarkibiga 1930 yilda tashkil qilingan (1998 yildan Institutning geodinamika bo‘limiga o‘zgartirilgan) avvalgi Kitob xalqaro kenglik stansiyasi va Maydanak astrofizik observatoriyasi kiradi. Kitob stansiyasida, uning barpo etilganidan boshlab, Xalqaro kenglik xizmati dasturiga muvofiq doimiy ravishda kenglikni o‘zgarishi, Er qutblarining siljishini va ularning koordinatalarini o‘lchash bo‘yicha hisob-kitob ishlarini bajarib kelingan. O‘zgaruvchan yulduzlarni kuzatishlar dasturi bo’yicha ham ishlar olib borildi. XX asrning 90 yillarida stansiya GPS va DORIS global sun’iy yo‘ldoshlarni kuzatuvchi navigatsion tizimlarining aniqligi yuqori asbob-uskunalari bilan ta’minlandi va Xalqaro IGS geodinamik tarmog‘iga, Markaziy-Osiyo hududining tayanch stansiyasi sifatida, qo‘shildi. Keyinchalik bunday GPS stansiyalar IGS ga qo‘shildi, Toshkent va Maydanakga o‘rnatildi. Yo‘ldosh navigatsiyasining yangi texnologiyalari asosida tektonik plitalarning siljishi va geodinamik jarayonlar o‘rganiladi, Yer aylanish parametrlari va ionosferaning holati monitoring qilinadi. Olingan ma’lumotlar hududiy geodezik tarmoqni qurish uchun amaliy sohalarda foydalaniladi.
Maydanak astrofizik observatoriyasi Qamashi tumanidagi Hisorak tog‘ tizmasida dengiz sathidan 2650 mert balanddagi tog‘da joylashgan. U Erning sharqiy yarimsharida astroiqlim xarakteristikalari (ochiq kunlar miqdori, tasvir sifatining yuqoriligi) va uzunlama bo‘yicha qulay joylashuvi bo‘yicha eng yaxshi observatoriya hisoblanadi. Maydanak observatoriyasi shuningdek dunyo miqyosda astrofizik kuzatishlar o‘tkazish uchun teleskoplar bilan ta’minlangan.
Maydanak observatorisida yulduz paydo bo‘lish sohalarida yosh nostatsionar yulduzlar, tarqoq yulduz to‘dalari, gravitatsion linzalar o‘rganiladi, blazarlar va faol yadroli galaktikalar fotometriya qilinadi, Quyosh sistemasining kichik jismlari kuzatiladi, kosmik kuzatishlar, jumladan gamma-chaqnashlarni optik kuzatishlar amalga oshiriladi. Maydanakning uzoq muddatli astroiqlimi zamonaviy metodlar bilan tadqiq qilinmoqda. Hozirgi vaqtda Maydanak observatoriyasida yuldoshli telefon va videoaloqa, shuningdek Internet orqali mobil aloqaga chiqish amalga oshirilgan.
Astronomiya institutida yaratilgan va dunyo miqyosida tan olingan quyidagi ilmiy maktablar mavjud:
Gelio va astroseysmologiya (asoschisi prof. Egamberdiev Sh.A.):
- Quyosh va yulduzlar pulsatsiyasini IRIS, TON va GONG xalqaro loyihalar doirasida hamda quyosh va yulduzlarning akustik tebranishlari spektri modasi va vaqt qatorlarini ko‘p yillik fotometrik tadqiq etish;
- Quyoshning fotosfera osti qatlamlarida magnit maydonlar va kattamasshtabli plazma harakatlarini gelioseysmik metodlar bilan tekshirish.
Astroiqlim tadqiqotlari va o‘quv observatoriyalar tarmog‘ini barpo etish (asoschisi prof. Egamberdiev Sh.A.):
- Maydanak observatoriyasi va Respublikamizning tanlangan astropunktlari iqlimini zamonaviy usullar yordamida tekshirish;
- o‘quv teleskoplarini modernizatsiya qilish va o‘quv astronomik observatoriyalar tarmog‘ini barpo etish.
Nazariy relyativistik astrofizika (asoschisi f.-m.f.d. Axmedov B.J.):
- fizik jarayonlar, elektromagnit va gravitatsion maydonlar, plazmada, neytron yulduzlar atrofida va qora o‘ralarda zaryadlangan zarralar harakati bo‘yicha nazariy tadqiqotlar.
2017 yil yakunlari bo’yicha 64 ilmiy maqola elon qilingan, jumladan 53 tasi nufuzli chet el jurnallarida (Nature, Physical Rev., Monthly Notices of the Royal Astronomical Society, European Physical Journal, International Journal of Modern Physics, Astrophysical Journal va b.).
Xalqaro ilmiy anjumanlar to’plamlarida 19 ta ma’ruza, Respublika anjumanlari to’plamida 31 ma’ruza chop etildi.
2017 yilda:
- Impakt faktorli xorijiy jurnallarda 36 ta maqola
- impakt-faktor yig’indisi– 209,45
-Google scholar bazasiga institutning 27 xodimi kiritilgan
- indeks Xirshayig’indisi- 153
2017 yilda institutda 1 patent va bitta mualliflik huquqi olindi, 2 patentga ariza topshirildi
1.Asfandiyarov I.M. «Quyosh fotoenergetik qurilmasi» foydali modeliga patent, № FAP 01266 09.11.2017 y.
2. Fazilova D.SH., Ergashev K.E. Svidetelstvo o registratsii programmi dlya EVM «WGS84_koordinatasini SK42-84 ga o’zgartirish» EHM uchun dasturni qayd etish haqida guvohnoma № DGU 04220 09.02.2017 y.
Galaktikalar, ular to’dalari, blazarlar va gravitatsion linzalangan kvazar (GLK) larning ko’p to’lqinli (radiodan rentgengacha) xususiyatlarini o’rganish orqali ularning atrof muhit bilan o’zaro ta’siri, tuzilishi va evolyutsiyasini hamda fizik va strukturaviy parametrlarini kuzatuv va nazariy o’rganishdan iborat. Ustuvor GLK va blazarlarning Maydanak observatoriyasida yuqori ajrata olish ko’rsatgichli kuzatuvlarni olib borish, blazarlarning turli filtrlardagi kuzatuv ma’lumotlarini fotometrik va ravshanlik egri chiziqlari tahlili, rentgen galoli yaqin galaktikalarning katalogini tuzish, boshqa ma’lumotlar bazalari bilan kross-korrelyatsiyasi, ularni identifikatsiyalash va ko’pto’lqinli profillarini tuzish, rentgen oqimini o’lchash, gaz galo yorqinligini hisoblash, faol yadro ulushini baholash, renggen galoli galaktika to’dalarining X-CLASS va XMM-XXL kataloglarini yangilash, fizik parametrlarini hisoblash, ushbu sinfdagi ob’ektlarning statistik tahlili, qora energiya ulushini baholash uchun nomzodlarni saralash, galoni hisobga olgan holda diskning nochiziqli noradial tebranish tenglamasini hosil qilish, galaktika diski evolyutsiyasiga galo effektini o’rganish. Aniq bir GLKlar uchun fotometriya usullarini takomillashtirish, ular komponentalari ravshanlik egri chiziqlari va mikrolinzalanish tahlili, kechikish vaqtini hisoblash, linza modellarini tuzish, kosmologik parametrlarni aniqlashtirish, suyuqko’zguli teleskopi (ILMT) kuzatuvlarini tahlili va qayta ishlash uchun dasturiy ta’minotni yaratish, tayanch yulduzlar ro’yhatini tuzish, ILMT yangi ob’ektlari orasida o’zgaruvchanlarini ro’yxatini tuzish va sinflashtirish.
Kosmik geodeziya uslublari (GPS, DORIS, PRARE) yordamida geodinamik tadqiqot ishlari olib borish.
2017 iylda olingan natijalar asosida 8 ilmiy maqola chop etildi. Shu jumladan, taniqli chet el jurnallarida (Geodesy and Geodynamics, Trudy Instituta Prikladnoy Astronomii, Journal of Applied Remote Sensing of SPIE, Jurnal «Led i Sneg» RAN). Natijalar 5 halqaro konferentsiya to’plamrarida chop etildi. EHM dasturiy ta’minoti uchun O’zR Intellektual Mulk Agentligidan 1 Guvohnoma olindi.
2017 yilda Fransciyaning Koinotni o’rganish markazi va Milliy geografiya instituti bilan tuzilgan halqaro shartomasi doirasida Kitob DORIS stantsiyasining modernizatsiyalashtirish va yangi REGINA geodinamika tarmogining GPS stantsiyasining o’rnatish ilshlari yakullandi. O’rnatilgan asbob-uskunalarning umumiy qiymati 60 ming AQSH dollarini tashkil etdi.
O’zR VM ning 26.12.2017 yil “ O’zbekiston Respublikasi hududida koordinatalar tizimlarini qullash va ulardan ochiq foydalanish to’grisida”gi qarorini amalga oshirish maqsadida davlat SK-42 va geotsentrik WGS-84 tizimlari o’rtasidagi o’zaro o’tish uchun tavsiyalar, matematik modellar va dasturiy ta’minot ishlab chiqildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ijrosi doirasida joriy etish 04.21.2017, N PQ-2915 va monitoring 09.25.2017 O'zbekiston va suv organlarining himoya, shuningdek masofadan zondlash yo'nalishda O'zbekiston vazifalar Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan Bitim doirasida, tayyorlangan bo'lib, xaritalar, bir qator, sxemalarini yil Favqulodda vaziyatlar vazirligi (xavfli tog 'ko'llar joylashgan, ko'chkiga, siljish-moyil sohalarda jadal bajarish) Chorvoq va Ohangaron havzalarida, binoning harakatini bir raqamli simulyatsiya hududida yuzaga kelishi va o'pirilish jarayonlarini rivojlantirish modellarini olingan ularni ko'llar mumkin sindirishi, shuningdek, Chimyon va Qamchiq dovoni yuqori aniqlikdagi raqamli balandligi modellari va o'rganib sohalarda va hovuz 3D modellar qurilgan ba'zi joylarda ko'chkiga harakati bilan Otoko, daryo Pskem siljish sohalarda o'simlik o'sish darajasi belgilangan.
2017 yilda “Galaktikadan tashqi astronomiya” bo’limi qo’lga kiritgan yutuqlari:
2017 yilning natijalariga ko’ra 22 ta maqola nashr etilgan, shu jumladan, 9 tasi - nufuzli xorijiy jurnallarda (Monthly Notices of the Royal Astronomical Society, Astronomy and Astrophysics Supplement Series, Astronomische Nachrichten, Nature, Astronomy Letters, Gravitation and Cosmology, Astrophysics va b.).
Quyidagi asosiy natijalar qo’lga kiritilgan:
PZS tasvirlar va ob’ektlarning fotometrik tahlili va astrometrik kalibrovkasi olib borildi. Qayd etilgan ob’ektlarning instrumental yulduz kattaliklari hamda ularni xarita va kataloglari bilan solishtirish orqali standart fotometrik sistemasidagi ravshanliklari qo’lga kiritildi. Standart sistemadagi ravshanliklarni turli vaqtda olingan instrumental yulduz kattaliklari bilan solishtirish orqali fotometrik tayanch yulduzlarning eng ehtimolli kandidatlari topildi.