O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi (2018-yildan hozirgi vaqtgacha)
Texnika fanlari doktori, professor
Mashinasozlik, texnologik mashinalar mexanikasi sohasidagi olim
1954 yil 21 avgustda Toshkent viloyatida tavallud topgan
1979 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.
O’zR FA M.T. O’rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida kichik, katta va bosh ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, ilmiy kotib, O’zR FA Bosh ilmiy kotibi o’rinbosari - Fundamental va amaliy dasturlar tashkiliy-tahliliy bo’limi boshlig’i, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi bo’lib ishlagan.
600 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 8 monografiya va 100 ixtiro muallifi.
3 nafar fan doktori va 7 nafar fan nomzodini tayyorlagan.
2010 yilda «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.