Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Zoologiya kolleksiyasida qancha tur saqlanadi?


O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti kolleksiyasi - Markaziy Osiyodagi eng katta kolleksiyalardan biri hisoblanib, bu O‘zbekistonning milliy boyligi sanaladi. Zoologiya kolleksiyasi 1935-yilda tashkil qilingan. Zoologiya kolleksiyasida 7 ta noyob kolleksiya bo’limlari mavjud.

Bugungi kunda Zoologiya kolleksiyasida 4806 ta tur bo’yicha 60000 dan ortiq namunalar saqlanib kelinmoqda. Bu namunalar AQSH, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Ozarbayjon,  Italiya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Qozog’iston, Belgiya, Ukraina, Turkmaniston, Qirg’iziston kabi dunyoning turli xil davlatlaridan olib kelingan.

 

 

Entomologiya kolleksiyasida:

3903 ta tur;

29242 ta namuna.

Gerpetologiya kolleksiyasi:

70 ta tur;

23968 ta namuna.

Teriologiya kolleksiyasi:

111 ta tur;

6685 ta namuna.

Ixtiologiya kollekisyasi:

70ta tur;

4043 ta namuna.

Gidrobiologiya kolleksiyasi:

12 ta tur;

1000 dan ortiq namuna.

Ornitologiya kolleksiyasi:

328 ta tur;

5514 ta namuna.

Parazitologiya kolleksiyasi:

312 ta tur

2000 dan oshiq namuna mavjud.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!