O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvarda bo始lib o始tgan ilm-fanni rivojlantirish, olimlarning soha vazirliklari, ishlab chiqarish va xo始jalik birlashmalari ta始lim muassasalari bilan hamkorligini yangi sifat bosqichiga olib chiqish vazifasi belgilab berilgan edi.
Ilm-fandagi ishlanmalarni ishlab chiqarish korxonalari bilan birgalikda, faol integratsiya qilish, zamonaviy ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tezkor ravishda amaliyotga tadbiq etish, olimlar tomonidan yaratilgan ishlarni qo始llab quvvatlash, ichki maxsulot ko始lamini jahon talabiga mos ravishda ishlab chiqarish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Shu nuqtai nazardan O始zR F袗 Zoologiya instituti va O始rmon xo始jaligi davlat qo始mitasi xodimlari hamkorlikda ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari olib bormoqda, mamlakatimiz faunasi monitoringi borasida doimiy ilmiy safarlar tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 28-dekabr kuni O始zbekiston Respublikasi O始rmonchilik xo始jalik davlat qo始mitasi raisi, N.J. Bakirov boshchiligida Zoologiya institutiga tashrif buyurib, ilmiy ekspeditsiyalarni olib borish uchun ko始mak sifasida Niva 4x4 rusumli avtoulovini Institut direktori B.R. Xolmatovga taqdim etdi.


Tadbirda O始zR F袗 vitse-prezidenti, akademik B.T. Ibragimov ilmiy amaliy hamkorlik doimo bo始lishini va yurtimiz ravnaqiga keng hissa qo始shishini ta始kidlashdi.