“Zilzilabardosh ko‘prik konstruktsiyasini ishlab chiqich” bo‘yicha ixtiro patenti (UZ) olindi.
Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining “Geotexnika va yer osti inshootlari seysmodinamikasi” laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimlari va mutaxassislari tomonidan bajarilgan.
Asosiy natijalar:
Foydalanish sohasi: transport inshootlari qurilishi sohasiga, xususan ko‘priklarning zilzilabardoshligini ta’minlashda seysmik himoya qurilma konstruktsiyasi sifatida qo‘llanadi.
Vazifasi:
Respublikaning seysmik faol hududlarida barpo etiladigan ko‘priklarning tayanch va to‘sin yoki oraliq qurilma orasida berilgan hisobiy diapazondagi seysmik ta’sirlarda tayanchlar uchun tebranishlarni so‘ndirish rejimini ta’minlay oladigan seysmik himoya qurilmalarni joylashtirgan holda ko‘priklarning uzoq muddat xizmat qilishini hamda zilzilabardoshligini ta’minlash.