Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Zararli bakteriya va viruslardan himoyalovchi “suyuq qoʼlqop”


Bugungi kunda koʼpgina sohalar qatori tibbiyot va farmatsevtika sohalarida ham samarali tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Bunday tadqiqotlar natijasida insonlar salomatligini saqlash va mustahkamlashga xizmat qiluvchi dori preparatlari, tibbiy vositalar ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyilmoqda.

 

Bugungi kunda bakteriya va viruslardan himoyalovchi, zararsizlantiruvchi antiseptik vositalar boʼlib, respublikamiz dorixonalari, bozor va doʼkonlarida ularning turli xilini uchratish mumkin. Аsosan, antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar yurtimizga chet eldan import asosida kirib keladi. Ular tarkibi xlor va uning birikmalari yoki spirt asosida tashkil topgan. Tabiiyki, xorijdan keltirilgan preparatlar qimmat turadi. Baʼzi kishilarda zararsizlantiruvchi vositalar tarkibidagi xlor moddasiga allergiya qoʼzgʼatishi mumkin. Shu sababli, zarari kam, ekologik xavfsiz mahsulotlarga ehtiyoj tugʼiladi. Bu yoʼnalishda Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari ham samarali izlanishlar olib bormoqdalar. Institutda bakteriya va viruslardan himoyalovchi “suyuq qoʼlqop” vazifasini bajaruvchi polimerlar asosidagi yangi avlod preparatlarini sintez qilish, ularni olish texnologiyasini ishlab chiqish boʼyicha ilmiy tadqiqotlar oʼtkazilmoqda.

Mazkur vositaning asosini nanotexnologiyalarni qoʼllagan holda tabiiy polimerda shakllantilgan kumush nanozarralari tashkil etib, dezinfeksiyalovchi va antiseptik xususiyatini namoyon qiladi. Maxsus purkaluvchi sprey idishga qadoqlangan vosita qoʼlga sepilganda, u soniya ichida yupqa shaffof qoʼlqop hosil qiladi va qoʼlni zararli moddalar, virus, mikrob va bakteriyalardan 24 soatgacha himoyalaydi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!