Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Zamonaviy Turkiya: tarix, huquq va siyosat” nomli o‘quv qo‘llanma nashr etildi


OʼzR FА Davlat va huquq instituti tomonidan “Zamonaviy Turkiya: tarix, huquq va siyosat” nomli o‘quv qo‘llanma nashr etildi.

Mazkur oʼquv qoʼllanmada zamonaviy Turkiya respublikasi, qadimgi turk zamini, uning boy va sermazmun tarixi, hozirgi davlatchilik anʼanalari, huquqiy tizim, davlat va huquqning rivojlanish tendensiyalari, qonunchilikdagi islohotlar, ichki va tashqi siyosatni amalga oshirish yoʼnalishlari, prezidentlik respublikasining joriy etilishi hamda mamlakatning islom dunyosida tutgan oʼrni bilan bogʼliq jarayonlar, huquqni muhofaza etish organlari amaliyoti, mamlakatning favqulodda vaziyatlarni oldini olish tajribasi chuqur oʼrganiladi, ommaviy axborot vositalari bilan bogʼliq jarayonlar yangicha yondashuv asosida bosqichlarga boʼlib tahlil etiladi.

Bundan tashqari, mazkur asarda Turkiyaning iqtisodiy va turistik salohiyati toʼgʼrisida eʼtiborga loyiq maʼlumotlar keltiriladi.

Turkiya davlati va huquqi tarixini oʼrganishga bel bogʼlagan huquqshunoslar, talabalar, turkshunoslar, izlanuvchilar va turk zamini bilan qiziquvchilar hamda keng kitobxonlar ommasiga moʼljallangan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!