Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yurtimizda 3000 yil oldin madaniylashtirilgan mevalar urug‘lari topildi


O‘tgan asr 70-80-yillarida Sopollitepa yodgorligidan madaniylashgan paxta chigiti, tut, anjir mevalarining topilishi Markaziy Osiyo o‘simliklar dunyosini o‘rganishda katta o‘zgarish bo‘lgan edi. Bu yangilik O‘zbekiston hududi ham Qadimgi Misr va Hindiston bilan bir qatorda paxtaning vatanidan biri ekanligini tasdiqladi.

Ushbu yo‘nalishdagi izlanishlar 2016-yildan buyon “Inson va muhit” mavzusida qazuv tadqiqot ishlarini olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti va Xitoy Xalq Respublikasining Ijtimoiy fanlar akademiyasi Paleobotanika va paleoantrapologiya instituti bilan tuzilgan qo‘shma arxeologik ekspeditsiya tomonidan ham davom ettirilib, Surxondaryoning bronza davri yodgorliklaridagi qadimgi o‘simlik dunyosini o‘rganishda bir qator muhim ilmiy natijalarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Xususan, Jarqo‘ton yodgorligida olib borilgan qazish ishlari natijasida yodgorlik ibodatxonasi qatlamlaridan madaniylashgan pista, bodom, xurmo, o‘rik, shaftoli, olma, uzumning 6 xil navi, nok, poliz ekinlaridan tarvuz, boshoqli ekinlardan arpa va bug‘doyning ikki va olti qatorlik navlari, no‘xot, tariq va yosmiq o‘simliklarini qoldiqlarini aniqlanishi  yurtimizni qadimdan insonlar yashashi uchun qulay bo‘lganligi va ziroatchilik yuqori darajada rivojlanganligini ko‘rsatmoqda.

 

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!