馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi sohasida yirik olim


Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi sohasida yirik olim, O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi 袗sqarov Mirxodji 89 yoshida vafot etdi.

M. 袗sqarov 1931-yil 30-aprelda Toshkent shahrida tug始ildi. 1953-yili Moskva texnologik institutini tugatib, ushbu institut aspiranturasida tahsil oldi. 1957-yilda nomzodlik, 1967-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2000-yilda O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a始zosi etib saylandi.

Iste始dodli olim qariyb 65 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Toshkent politexnika instituti (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) katta o始qituvchisi, Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi (hozirgi Polimerlar kimyosi va fizikasi) instituti laboratoriya mudiri, direktori, Kimyo instituti laboratoriya mudiri, direktori, Toshkent to始qimachilik va yengil sanoat instituti kafedrasi mudiri, professori kabi lavozimlarda samarali mehnat qildi, xalqimiz va Vatanimizga sidqidildan xizmat qilib, mamlakatimizda ilm-fan va ta始lim sohalarini rivojlantirish, kimyo sohasida yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo始shdi.

Zahmatkash olimning ilmiy ishlanma va tadqiqotlari respublikamiz kimyo sanoati sohasida keng qo始llanib kelinmoqda. Uning mazkur sohadagi ilmiy ishlanmalari iqtisodiyotimiz tarmoqlari rivojida muhim ahamiyatga ega.

Olimning yuqori molekulyar birikmalar kimyosi sohasining nazariy va amaliy masalalariga bag始ishlangan 600 dan ziyod ilmiy maqolalari, 15 yaqin kitob va monografiyalari, 150 dan ortiq patent va mualliflik guvohnomalari yurtimiz va xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislariga yaxshi ma始lum.

Jonkuyar ustoz sifatida ko始plab yoshlarga saboq bergan ilm-fan fidoyisining bevosita rahbarligida o始nlab fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlangan.

Yirik olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Mirxodji 袗sqarovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!