馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yuqori energiyal邪r fizik邪si soh邪sid邪gi ilmiy izlanishlar


O始zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutining Xitoy Xalq Respublikasi Shansi universitetitining Nazariy fizika instituti (Institute of Theoretical Physics of Shanxi University, Taiyuan, China) bilan yuqori energiyalar fizikasi sohasida boshlangan hamkorlik natijasida 2021-yil 18-aprel kuni ilk maqola chop etildi. Hamkorlikdagi mazkur maqola ( https://www.mdpi.com/1099-4300/23/4/478) yuqori impakt faktorga ega xorijiy “ENTROPY” jurnalida bosmadan chiqdi.

 

Ilmiy maqola jahondagi eng yirik kollayder eksperimentlarida – Katta 袗dron Kollayderi (SERN, Shveytsariya) hamda Og始ir Ionlar Relyativistik Kollayderi (OIRT, Brukxeyvn, 袗QSh) – yuqori va o始ta yuqori energiyali og始ir ionlar to始qnashuvlari bo始yicha ochiq ma始lumotlarning fenomenologik hamda nazariy tahliliga bag始ishlangan. Jumladan, maqolada oddiy yadro materiyasini ikki to始qnashuvchi og始ir ionlarning bir nuklon juftligiga massalar markazidagi energiyasi tahminan 10 GeV (Gigaelektronvolt) bo始lganda kvark-glyuon plazma holatiga o始tishi ko始rsatilgan. Olamning tug始ilish jarayonini tushuntiruvchi umume始tirof etilgan “Katta Portlash” nazariyasiga asosan, materiya Katta portlashdan bir necha mikrosekund o始tgach o始ta zich va issiq kvark-glyuon plazma holatida bo始lgan.

O始zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutining Xitoy Xalq Respublikasi Shansi Universitetitining Nazariy fizika instituti (Institute of Theoretical Physics of Shanxi University, Taiyuan, China) bilan Yuqori energiyalar fizikasi sohasidagi ilmiy hamkorligi O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta始lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora tadbirlari to始g始risida”gi qaroriga muvofiq olib borilmoqda. Ushbu Prezident qarorida, jumladan, Yuqori energiyalar fizikasi sohasida xalqaro ilmiy muassasalar va markazlar bilan hamkorlikda tadqiqotlarni tashkillashtirish vazifasi belgilangan.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!