馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

YuNESKOning medali o鈥檢 egasiga topshirildi


Avval xabar qilganimizdek, YuNESKOning Bangladeshdagi Xalqaro ona tili instituti tomonidan e’lon qilingan “Xalqaro ona tili mukofoti” tanlovining  oltin medaliga “Ona tilining xalqaro miqyosdagi tadqiqi” yo始nalishida O始zR FA O始zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yosh tilshunos olimi G始ulom Ismoilov loyiq deb topilgandi.

21-fevral Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan Bangladesh Xalq Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasida tantanali tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda Hindiston Respublikasining O始zbekistondagi elchisi Manish Prabhat, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo始yicha boshqarmasi vakili 袗shita Mittal hamda O始zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakillari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O始zbekiston davlat jahon tillari universiteti o始qituvchi va talabalari, O始zbekistonnning turli davlatlardagi faxriy elchilari ishtirok etishdi. Tadbir davomida Bangladesh Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Zahangir 袗lam G始.Ismoilovga ushbu mukofotni tantanali topshirdi.

 

Ma’lumot o’rnida, G始.Ismoilov   FA O始zbek tili, adabiyoti va folklori institutining “O始zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish” fundamental loyihasi doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borib, 2011-yilda “O始zbek tili terminologik tizimlarida semantik usulda termin hosil bo始lishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Hozirgi kunda "Turkiy tillar frazeologizmlarining lingvokulturologik tadqiqi" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida izlanishlar olib bormoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!