Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Yosh tarixchilarning 3-yozgi o‘qishlari”ni o‘tkazish rejalashtirilmoqda


 

 

#Tarix_instituti
#Yoshlar_ishlari_agentligi

   Tarix instituti Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda iqtidorli va jamoat ishlarida faol tarixchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zbek tarixchiligi milliy maktabining yangi avlodini shakllantirish maqsadida 2024-yil avgust oyida “Yoshlar oromgohi”da “Yosh tarixchilarning 3-yozgi o‘qishlari”ni o‘tkazish mo‘ljallanmoqda. 
   Yozgi o‘qishlarda jami 100 ta yosh tarixchilar va olimlardan iborat guruh ishtirok etishi rejalashtirilayotgan bo‘lib, yozgi o‘qishlar davomida yetakchi tarixchi olimlar ishtirokida ilmiy seminarlar, master-klass darslari, davra suhbatlari, yosh tarixchilar jamoalari o‘rtasida “Zakovat” o‘yinlari va boshqa turli ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi. 
   Qatnashchilar tanlov bo‘yicha ajratib olinishlaridan kelib chiqqan holda, qatnashish istagidagi 30 yoshgacha bo‘lgan talabgorlar quyidagi QR-kod orqali barcha maʼlumotlarga ega boʻlishi va nomzod sifatida ariza topshirishlari mumkin!

https://t.me/tarixchivijdoni


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!