Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yosh tadqiqotchilar munosib taqdirlandi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti 1-bosqich tayanch doktoranti Shomurod Shopo‘latov “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori bo‘ldi.

Shomurod Shopo‘latov 2013-2014-yillari o‘tkazilgan Dasturlash bo‘yicha Jahon chempionatining ikki karra chorak final musobaqasi g‘olibi. 2016-yil 13-14-fevral kunlari Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari miqyosida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan 10-Matematika fan olimpiadasida sovrindorlar qatoridan joy olgan. 2016-yil 17-may kuni Respublika miqyosida bo‘lib o‘tgan “Siz Prezident asarlarinin bilasizmi?” esselar tanlovida “Eng yaxshi bilimdon” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u 2017-yil 18-19-mart kunlari Rossiyaning Moskva shahrida talaba va magistrlar o‘rtasidagi IX Xalqaro Matematika fan olimpiadasida 250 dan ortiq ishtirokchilar ichida kumush medal sohibi bo’lgan. 2018-yil “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni taqdirlangan.

Yosh tadqiqotchi faoliyati davomida 85 dan ortiq faxriy yorliq, diplom, sertifikatlar bilan taqdirlangan va 40 ga yaqin ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalari, 3 ta uslubiy qo‘llanmalari chop etilgan. Hozirda u “Integral criteria of  subharmonic functions” (“subgarmonik funksiyalar uchun integral kriteriyalar”) mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ustida izlanishlar olib bormoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!