Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yosh sharqshunoslarning onlayn seminari


O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti  va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yosh olimlari kengashlari hamkorligida Leyden universiteti (Gollandiya) tadqiqotchisi Jaimee K.Comstock-Skippning “Yangi asr, yangi sulola: Tuqay-Temuriylar (Ashtarxoniylar)ning Samarqandda ko'chirilgan Shohnoma nusxalari” mavzusida onlayn seminari bo'lib o'tdi.

Onlayn seminar Zoom platformasida olib borildi. Samarqandda 1600-1604 yillarda yaratilgan Firdavsiyning “Shohnoma” asarining miniatyurali 7 ta tijoriy nusxalarining tarixi, AQSh, Angliya, Rossiya, Turkiya va O'zbekiston fondlarida saqlanishi va ularning o'zaro qiyosiy tipologiyasi solishtirildi. Seminar ishtirokchilarida ushbu ma'ruza juda iliq taassurot qoldirdi. Xususan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori A. Madraimov tadqiqotchining ilmiy ishlariga yuksak baho berib, minnatdorchilik bildirdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!