Joriy yil 15-may kuni O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yosh olimlar kengashi tomonidan “XXI asr intellektual yoshlar asri” mavzusida onlayn konferensiya o始tkazildi. Unda F袗 ilmiy-tadqiqot muassasalari yosh olimlari, Toshkent yuridik universiteti, Respublika ijtimoiy fikr markazi hamda 袗ndijon viloyatidan ham olimlar ishtirok etishdi. Onlayn konferensiyada 3 ta - fizika-matematika-texnika, tabiiy hamda gumanitar fanlar yo始nalishlarida ma始ruzalar tinglandi. Ushbu konferensiya yosh olimlarning o始zaro fikr almashishlari, ilmiy izlanishlar natijalari bilan o始rtoqlashish uchun onlayn platforma vazifasini bajardi.
