Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yosh olimlar va iqtidorli talabalarning akademik bilan uchrashuvi


O‘zbekiston Milliy universiteti axborot resurs markazida Matematika fakulteti yosh o‘qituvchilari, tadqiqotchilar, doktorantlar va iqtidorli talabalar bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, Matematika instituti direktori, akademik Shavkat Ayupov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda senator, akademik Sh.A.Ayupov Matematika ilm-fani va ta’limini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, Matematika instituti huzurida boshlang‘ich mablag‘i 5 mlrd. so‘m bo‘lgan “Matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tashkil etilgani va bu jamg‘arma homiyligida turli fan olimpiadalari o‘tkazish, yoshlarni ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash kabi ko‘plab vazifalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!