Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yosh olimimiz Yaponiyada tajriba oshirib qaytdi


Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti katta ilmiy xodimi   Nabiyev Ayder Mustafayevich 2022-yil dekabr oyida Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan tashkil etilgan «Развитие человеческих ресурсов высокого уровня в промышленности с помощью инженерного образования в японском стиле»   nomli oʻquv kursida Yaponiya davlatida malakasini oshirib keldi. Oʻquv kursida Yaponiyaning muhandislik taʼlimiga, intellektual mulk, texnologiyalarni litsenziyalashtirish, ekologiya va tibbiyot sohalaridagi zamonaviy talablar va erishilayotgan yutuqlarilarni oʻrganish orqali yangi bilim va koʻnikmalarni egallandi.

  

Yaponiyaning MIE universiteti, Nagoyya texnologik instituti va Tokio texnologik institutlarining muhandislik taʼlimidagi zamonaviy tajribasi oʻrganildi hamda FUJIFILM MANUFACTURING Co., Ltd, “Uno Dzyuko” kompaniyalari, Atrof muhitni muhofaza qilish agentligi va boshqa tashkilotlar faoliyati bilan tanishib chiqildi. Oʻquv kursida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Moldovaning vakillari qatnashdi. Kelgusida oʻzaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.

 

 

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!