Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yosh tadqiqotchi “Yilning eng yaxshi maqolasi” nominatsiyasi gʼolibi boʼldi


Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan “Yangi Oʼzbekistonning isteʼdodli yoshlari” nomli ilmiy toʼplam nashrdan chiqdi. Joriy yil 28-yanvar kuni ushbu kitob toʼplamiga taqdim etilgan maqolalar mualliflarini taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi. Taqdirlash marosimida Oliy va oʼrta maxsus taʼlimi vaziri hamda “Ulugʼbek jamgʼarmasi” raisi va Yoshlar ishlari agentligi rahbari ishtirok etib, mualliflarni taqdirlashdi. Jami 500 ta maqoladan 44 ta maqola maʼqullanib toʼplamda nashr qilingan.

OʼzR FА Zoologiya instituti kichik ilmiy xodimi Muxayyo Аtamuratovaning “Tuyaboʼgʼiz suv ombori ixtiofaunasining hozirgi holati va baliq resurslaridan oqilona foydalanishning yoʼllari” nomli maqolasi ham ushbu nashrdan oʼrin olgan. Yosh tadqiqotchi Muxayyo Аtamuratova “Yilning eng yaxshi maqolasi” nominatsiyasi gʼolibi boʼldi.

M.Аtamuratovani ushbu gʼoliblik bilan tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy ishlarida zafarlar tilaymiz!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!