Joriy yilning 11-14-aprel kunlari O始zR F袗 袗stronomiya instituti tomonidan respublika oliy o始quv yurtlari astronomiya yo始nalishi talabalari va yosh olimlari uchun “Mirzo Ulug始bek ilmiy merosining zamonaviy astronomiya va ta始limi ravnaqidagi roli”ga bag始ishlangan ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
袗njumanda 袗jiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, Muqimiy nomidagi Qo始qon Davlat Pedagogika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Qarshi Davlat Universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Samarqand davlat universiteti, Farg始ona davlat universiteti, 袗ndijon davlat universiteti, Chirchiq davlat pedagogika instituti, Termiz davlat universiteti, O始zbekiston milliy universiteti hamda Toshkent davlat pedagogika universitetlari talabalari va magistrantlari, o始qituvchilar hamda astronomiya faniga qiziquvchilar qatnashdi.


袗njuman davomida O始zR F袗 袗stronomiya institutining yetakchi mutaxassis olimlari va yosh tadqiqotchilar talabalarga astronomiya, nazariy va amaliy astrofizika bo始yicha ma始ruzalar o始qishdilar. Bundan tashqari, ishtirokchilar Maydanak va Samarqand observatoriyalari, u yerdagi kuzatuvchilar bilan onlayn tarzda tanishish imkoniga ega bo始lishdi.
Shuni aytib o始tish joizki, anjumanda chet elda o始z ilmiy faoliyatini muvaffaqiyatli olib borayotgan yurtdoshlarimiz ma始ruzalari ham tinglandi.
Ishtirokchilar o始zlarini qiziqtirgan savollariga yetakchi soha mutaxassislaridan javoblar olishdi.