O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi eʼlon qilingan bo‘lib, mazkur loyiha doirasida yiliga 200 mln. tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.
Hozirgi kunda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti hamda F.N.Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘i ilmiy xodimlari tomonidan respublikamizning qator olis hududlarida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zR FА Botanika instituti O‘simliklar populyatsion biologiyasi va ekologiyasi laboratoriyasi xodimlari tomonidan hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, Navoiy viloyati Konimex tumani Qizilqum cho‘l biologik stansiyasi maydoniga 250 ta hamda Buxoro viloyati Peshku tumanining olis “Jongeldi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 24-maktab maydoniga 150 dan ortiq shumtolbarg zarang (Acer negundo L.), qog‘oz daraxti (Broussonetia papyrifera (L.) L'Hér. ex Vent.) va kornus (Cornus sanguinea L.) ko‘chatlari ekildi.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Konimex tumanidagi Qizilqum cho‘l biologik stantsiyasi tuman markazidan 190 km hamda Peshku tumanidagi “Jongeldi” mahalla fuqarolar yig‘ini tuman markazidan salkam 200 km uzoqlikda joylashgan. Bunday keng ko‘lamli tashabbuslarning amalga oshirilishi natijasida respublikamizning olis hududlaridagi yashil maydonlar hududi kengaytirib boriladi.
F.N.Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘ida yetishtirlgan manzarali ko’chati
Buxoro viloyati Peshku tumanining 24-maktab maydoniga 150 dan ortiq manzarali o’simlik ko‘chatlari ekildi
Shumtolbarg zarang (Acer negundo L.), qog‘oz daraxti (Broussonetia papyrifera (L.) L'Hér. ex Vent.) va kornus (Cornus sanguinea L.) muhit sharoitiga oson moslashadi
Ekilgan ko‘chatlar vegetatsiya davomida mikroiqlimni yaxshilaydi
Navoiy viloyati Konimex tumanidagi Qizilqum cho‘l biologik stansiyasi maydoniga 250 ta manzarali daraxt ko’chatlari ekildi.
Madaniy o‘simliklarining yovvoyi ajdodlarining urug‘lari ekilgan kolleksiya maydoni
“Yashil makon” umummilliy loyihasi ishtirokchilari (Peshku, Jongeldi)