Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bajarilayotgan vazifalar


O‘zR FA Botanika instituti hamda F.N.Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘i ilmiy xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Respublikamizning turli hududlarida samarali ishlarni muntazam amalga oshirib kelmoqdalar.

Jumladan, aprel oyining birinchi besh kunligida Toshkent shahridagi 178, 544 Maktabgacha ta’lim muassasalariga, 3-sonli umumta’lim maktabiga, “Zakovat” MFYda joylashgan Farovon hayot ko‘chasi va klinika maydoniga, Namangan viloyatidagi 22-davlat ixtisoslashgan umumta’lim maktabi hududlariga iqlim sharoitidan kelib chiqib, Toshkent botanika bog‘ida yetishtirilgan shumtolbarg zarang (Acer negundo), go‘zal katalpa (Catalpa speciosa) kabi 500 dan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Manzarali daraxt ko‘chatlari ekish orqali yashil maydonlarni kengaytirish hududlarning mikroiqlimi yaxshilanishida, atmosfera havosini tozalanishida, yozning issiq kunlarida soya-salqin joylarning kengayishida ahamiyati katta. Mazkur tashkilotlar tomonidan yashil hudud maydonlarini yanada kengaytirishda beg‘araz yordam berganligi uchun O‘zR FА Botanika instituti va Toshkent botanika bo‘g‘i ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.  

 

 

 

 

 

 

Uchtepa tumanidagi 178-Maktabgacha ta’lim muassasasi

 

 

 

Yunusobod tumanidagi 544-Maktabgacha ta’lim muassasasi

 

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Zakovat MFYda joylashgan Farovon hayot ko‘chasi yo‘l chetiga ekilgan ko‘chatlar

 

 

Toshkent shahar Yangi hayot tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabi hududi


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!