Yarimo始tkazgichlar fizikasi sohasining taniqli yosh olimlaridan biri, fizika-matematika fanlari doktori, O始zR F袗 fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi Gulyamov 袗bdurasul Gafurovich bor yo始g始i 46 yil umr ko始rgan bo始lsada, o始ta yuqori chastotali elektromagnit maydondagi yarimo始tkazgichli strukturalar dinamikasi va kinetik hodisalarining nazariyasini takomillashtirish bo始yicha bir qator ilmiy ishlar muallifligiga ulgura olgan. 袗bdurasul Gulyamov nafaqat olim, balki kamtarin, sodda, beozor, xushfe始l, qalbi pok va o始zidan faqat yaxshilik qoldirgan inson sifatida ham tanilgan edi.

Gulyamov 袗bdurasul Gafurovich 1974-yil 9-fevralda Namangan viloyati Mingbuloq tumanida ziyoli oilasida tug始ilgan. Otasi Gulyamov Gafur – respublikadagi taniqli olimlardan biri, Namangandagi katta ilmiy maktab asoschisi, fizika-matematika fanlari doktori, Namangan muhandislik-qurilish instituti fizika kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda. 袗bdurasul Gulyamovdagi tug始ma iste始dodning ko始z ochishida, uning yosh olim, fan doktori bo始lib yetishuvida otasining turtkisi sabab bo始lgan.
袗bdurasul Gulyamov 1991-1996-yillar Namangan sanoat – texnologiya institutini muvaffaqiyatli yakunlab, 2 yil harbiy xizmatda bo始lgan. 1997-2011-yillar oralig始ida Namangan Davlat universiteti “Texnik xizmat ko始rsatish” bo始limi boshlig始i, Namangan muhandislik-pedagogika instituti "Fizika" kafedrasi katta o始qituvchisi lavozimlarida ishlab kelgan. 2010-yil nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo始ldi. So始ngra, 2011-2014-yillarda Namangan muhandislik-pedagogika institutida dekan muovini, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab, qisqa muddat ichida o始zining mehnatkashlik, jonkuyarlik va halollik jihatlari bilan butun jamoaga tanilishga ulgurgan.
Gulyamov 袗bdurasul Gafurovich 2014-yil O始zR F袗 fizika-texnika institutiga doktoranturaga o始qishga kirdi va ushbu ilmiy dargohda katta ilmiy – xodim izlanuvchi lavozimida ishlay boshladi. 2017-yil 19-oktyabr kuni “Yarimo始tkazgichli strukturalarning dinamik xarakteristikalariga deformatsiya va kuchli elektromagnit maydonning ta始siri” nomli doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo始ldi.
袗bdurasul Gulyamov 2017-2019-yillar oralig始ida O始zR F袗 fizika-texnika institutida ilmiy ishlar bo始yicha direktor o始rinbosari lavozimida ham ishladi. 袗bdurasul Gulyamov ilm qilishni davom ettirishga, shogirdlarining ilmiy-tadqiqot ishlarida ko始mak berishga ham vaqt topa oldi. Natijada, 1 nafar falsafa doktori (PhD) ga ilmiy rahbar bo始lib, endigina yangi ilmiy maktabni ochishga qadam qo始ygan edi.
袗bdurasul Gulyamov 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, fundamental va amaliy davlat grantlari rahbari va ishtirokchisi bo始lgan. 4 nafar farzandning otasi edi.
Iste始dodli olim 袗bdurasul Gafurovich Gulyamovning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan chuqur hamdardlik bildiramiz.