Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yangilanayotgan Konstitutsiya mazmun-mohiyati targ’iboti


 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika institutida institut direktori Husniddin Olimov, Fanlar akademiyasi Birlashgan Kasaba uyushmasi raisi Sherzod Jo‘rayev, Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti professori N.P. Azizov va institut ilmiy xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan o‘zgarishlar muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir boshida professor N.Azizov O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonun loyihasi bo’yicha institut xodimlariga qiziqarli ma’ruza qilib berdi. Ma’ruza davomida professor N. Azizov mamlakatimiz Konstitusiyasiga kiritilayotgan yangiliklar haqida, ularning asosiy maqsadi, mohiyati va mazmuni to’g’risida so’zlab berdi. Yangilanayotgan Konstitusiya so’nggi olti yilda erishgan yutuqlarimizni, islohotlarning ortga qaytmasligini ishonchli himoyasini ta’minlash, erishilgan natijalar, keng huquq va erkinliklaridan mamlakat aholisi va kelajak avlodlarimiz erkin foydalanishlariga xizmat qilishi alohida ta’kidlab o’tildi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar respublikamizda amalga oshirilayotgan Konstitusiyaviy islohotlar, erishilgan milliy va xorijiy tajribaning ilgʼor xususiyatlari, yangilanayotgan konstitusiyada davlat tomonidan fuqarolarga berilayotgan erkinliklar va huquqlar, bepul o'rta va boshlang'ich kasbiy ta’lim, bepul tibbiyot xizmatlari va boshqa davlat kafolatlari haqida o’z fikr-mulohazalarini tadbir qatnashchilariga bayon qildilar. Tadbir davomida Konstitusiyaviy oʻzgarishlar boʻyicha institut xodimlari tomonidan berilgan barcha savollarga javob berildi. Shuningdek, yigʻilishda institut direktori Husnidin Olimov ham oʻz fikrlarini bayon qilib, konstitusiyaviy islohotlarlarda barcha faol ishtirok etishi lozimligini, oʻz kelajagimiz va yurtimiz farovonligi uchun barchamiz mas’ul ekanligimizni ta’kidladi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!