袗srimizning birinchi o始n yilligi giyohvandlikning yashirin bozorida nisbatan arzon va sintezi oson bo始lgan yangi psixofaol moddalarning (YaPM) – sintetik kannabinoidlarning (Spayslar), katinon, aminoindan va boshqa turdagi moddalar hosilalarining paydo bo始lishi, noqonuniy aylanishda ularning faolligi va qisqa vaqt ichida yetakchi o始ringa chiqib olishi bilan belgilanadi. Huquq-tartibot tashkilotlarining hisobotlarida keltirilishicha, bu jarayon O始zbekiston Respublikasini ham chetlab o始tmadi.
Hozirgi paytda kriminalistik materiallarda va biologik namunalarda YaPM larni aniqlash uchun turli-tuman fizika-kimyoviy uslublarga asoslangan gazxromatografiya/mass-spektrometriya (GX/MS) dan tortib suyuqlik xromatografiyasi/tandem mass-spektrometriyasigacha (SX/MS-MS-MS) foydalaniladi.
O’zR FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining 袗dsorbtsion va emission hodisalar laboratoriyasida yangi rusumdagi gaz tahlil asbobi - dastur ta始minotiga va YaPMlarning termodesorbtsion spektrlari elektron bazasiga ega bo始lgan “IK–Iskovich” termodesorbtsiyaviy termoion spektrometri yaratildi.

U an始anaviy chet el qurilmalaridan o始zining tahliliy imkoniyatlari qolishmagan holda oddiyligi, tezkorligi va arzonligi bilan farq qiladi. Spektrometr innovatsion loyiha asosida O始zR IIV Bosh Ekspert-kriminalistika markaziga taqdim etildi va musodara qilingan giyohvand moddalar namunalarida sinovdan o始tmoqda.
Bu amaliy tadqiqotlar 2016-2020-yillarga mo始ljallangan giyohvand moddalar iste始moli va noqonuniy aylanishiga qarshi Respublika Dasturi asosida bajarilmoqda.
Yangi uslub va qurilmaning afzalliklari:
• YaPMlarning iz qoldiqlarini kriminalistik va bionamunalarda aniqlashning termodesorbtsiyaviy uslubi o始zining tezkorligi (1 tahlil uchun 3 minut), tanlovchanligi (organik erituvchilar, havodagi oddiy gazlar uchun 105-108), sezgirligi (fizika-kimyoviy tabiatiga qarab 0.1 piko moldan) va ionlashuv samaradorligining (100K/molgacha) yuqoriligi bilan ajralib turadi. Qurilma xorijiy qurilmalarga nisbatan ancha arzon, foydalanish oddiy va yuqori malakali mutaxassis talab etmaydi.
• Termodesorbtsiyaviy uslub va spektrometr o始zining tahliliy imkoniyatlari bo始yicha zamonaviy GX/MS i SX/MS-MS-MS qurilmalardan qolishmaydi, tahlil qilinayotgan moddani termodesorbtsion spektrlarning elektron bazasi bo始yicha identifikatsiya qilibgina qolmay, balki uning miqdorini ham bir vaqtning o始zida chiziqli dinamik diapazoni 2.5-3.5 tartibli bo始lgan kalibrovka chiziqlarining elektron bazasi bo始yicha aniqlash qobiliyati bilan ham farq qiladi.
Termodesorbtsiyaviy spektrometr import o始rnini bosuvchi qurilma sifatida O始zbekiston Respublikasidagi toksikologik, narkologik va kriminalistik laboratoriyalarni jihozlashda qo始llanilishi mumkin.
Yaratilgan termodesorbtsiyaviy uslub va qurilma O始zbekiston Respublikasi SSV Sud-tibbiyot Bosh byurosi va IIV Bosh ekspert-kriminalistika markazlarida sinovlardan o始tkazilib, ijobiy xulosalar olingan.