Oshqozon-ichak traktining mikroflorasi, inson salomatligida muhim rol o始ynaydi: u ovqat hazm bo始lishiga yordam beradi, immunitet tizimini faollashtiradi, mikrofloraning muvozanatini saqlaydi hamda inson va hayvonlar sog始lig始ining boshqa ko始rsatkichlariga foydali ta始sir ko始rsatadi. Zamonaviy tadqiqotlar shuni ko始rsatdiki, ichakdagi mikroorganizmlarning nomutanosibligi organizmda vazn ortishi, qondagi qand miqdori, xolesterin, depressiya va boshqa kasalliklarga olib kelishi mumkin. Ma始lum bo始lishicha, COVID -19 kasalligining og始ir kechishi, ichak mikroflorasi bilan ham bog始liq.
Mikroflorani normal saqlash yoki tiklashning yeng samarali usullaridan biri bu probiotik preparatlarni qabul qilishdir, ular inson organizmi uchun foydali mikroorganizmlardan iborat. Foydali mikroorganizmlar ovqat hazm qilishda ishtirok yetadigan fermentlarni sintez qiladi, glyukoza, vitaminlar, mikroblarga qarshi moddalar va organizmning hayot faoliyati uchun zarur bo始lgan boshqa birikmalarni parchalaydi.
O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutida probiotik mikroorganizmlar asosida biologik faol Laktopropolis-AWL qo始shimchasi yaratildi. Bu biologik faol qo始shimchaning dunyoda o始xshashi yo始q, chunki u oshqozon yarasi Helikobakter pilori qo始zg始atuvchisini faol ravishda bostiradigan mikroblarga qarshi oqsil birikmalarini sintez qiluvchi va shu orqali infeksiyani davolash samaradorligini oshiruvchi probiotik mikroorganizmlarning mahalliy noyob shtammlaridan iborat. Mikroorganizmlarning xususiyatlari uzoq vaqtdan beri samarali biologik birikma sifatida tanilgan propolisning biologik faol fraktsiyalari qo始shilishi bilan kuchaytiriladi.

Preparatni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun Islom taraqqiyot bankining Transformatorlar jamg始armasidan grant olindi. O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti bilan birgalikda xususiy mablag始lar jalb qilindi va O始zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Innovatsion ishlanmalar va innovatsion g始oyalarni qo始llab-quvvatlash jamg始armasi, shuningdek, davlat byudjetidan tijoratlashtirishga yetkazish uchun ajratilgan mablag始lar hisobidan "AllWellLab" eksperimental ishlab chiqarish maydonchasi yaratildi.


Ilmiy tadqiqotlar shuni ko始rsatdiki, ushbu noyob birikma preparatning qo始shimcha foydali xususiyatlarini beradi: u H.pilori kolonizatsiyasini pasaytiradi, oshqozon yallig始lanishini susaytiradi, yallig始langan to始qimani qayta tiklash xususiyatga ega (u oshqozon yarasining davolanish vaqtini import mahsulotlarga nisbatan 2 baravar qisqartiradi), shuningdek immunitet tizimining samarali faoliyatiga yordam beradi.
Ushbu biologik faol qo始shimchadan foydalanish, me始da yarasini kuchayishining mavsumiy qaytalanishini samarali davolash va oldini olishga yordam beradi.
Hozirgi kunda 4000 qadoq tayyor mahsulot ishlab chiqarildi, ular dorixonalar tarmog始iga yetkazib berildi va O始zbekiston bozorida muvaffaqiyatli sotilmoqda.
Ilmiy izlanishlar doirasida keyingi ishlab chiqarish uchun 3 ta nomli: antidiabetik, antioksidant va B guruh vitaminlarini sintezlovchi xususiyatlarga ega probiotik preparatlar tayyorlanmoqda.