馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yangi O始zbekiston: milliy taraqqiyot va xalqaro integratsiya


O始zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi arafasida O始zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo始yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz tomonidan 2021-yil 23-avgust kuni “Yangi O始zbekiston: milliy taraqqiyot va xalqaro integratsiya” mavzusida respublika onlayn ilmiy anjumani o始tkazildi.

Tadbirda Fanlar akademiyasidan vitse-prezident, professor Bahrom 袗bduhalimov, Tarix instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Shavkat Rahmatullayev, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti bo始lim mudiri, tarix fanlari nomzodi 袗skar Djumashev, O始zbekiston Xalqaro islom akademiyasidan kafedra mudiri, siyosiy fanlar doktori Zohidillo Munavvarov, Ichki ishlar vazirligi akademiyasidan kafedra boshlig始i, professor Karine Djavakova o始z ma始ruzalari bilan ishtirok etishdi. Ma始ruzalarning asosiy qismi har bir sohada rivojlanayotgan xalqaro hamkorlik, dunyo hamjamiyatiga integratsiya jarayonlari faollashishi masalalariga bag始ishlandi. Tadbir Markaz tomonidan 2021-yil davomida o始tkaziladigan “Yangi O始zbekiston” turkumidan onlayn anjumanlarni boshlab berishi ta始kidlandi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!