Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

YANGI INNOVATSION TUZILMA


‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi huzurida yangi innovatsion tuzilma – “Fermerlarga amaliy yordam va konsalting xizmatlari markazi” o‘z faoliyatini boshladi. Markaz quyidagi bo‘linmalardan iborat:

  • Tuproq strukturasi va tarkibi haqidagi ma’lumotlar asosida birlamchi va takroriy ekinlar ekishga tavsiyalar berish va o‘sish jarayonini ilmiy kuzatish bo‘linmasi;
  • ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari tomonidan yaratilgan dori vositalari, preparatlar va o‘g‘itlarnii fermerlar bilan hamkorlikda ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘linmasi;(Fermerlarni preparatlar bilan ta’minlash shaxobchasi tashkil qilingan.)
  • ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari tomonidan yaratilgan dori vositalari, preparatlar va o‘g‘itlar keng qo‘llashni tashkillashtirish va samaradorligini ilmiy nazorat qilish bo‘linmasi;
  • seleksiya va yangi navlar yaratishdagi olimlarning ishlanmalarini tajriba-sinovini tashkillashtirish bo‘linmasi;
  • respublikamiz tog‘ oldi, cho‘l-adir va yaylovlari mavjud viloyatlarida mayda shoxli mollar uchun qishki ozuqa bazasini yaratish, cho‘l ekologiyasi muammolari bo‘linmasi;
  • o‘simliklar klinikasi va diagnostikasi bo‘linmasi;
  • fermerlarga amaliy yordam va maslahatlar xonasi;
  • fermerlarni Ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar, qishloq xo‘jaligidagi natijalar bilan tanishtirish, fermerlar malakasini oshirishga va jahon olimlari yutuqlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlari olib borish bo‘linmasi;
  • chorvachilik, parrandachilik hamda asalarichilik muammolari va istiqbollari bo‘linmasi.Yangi tuzilma Navoiy va qo‘shni viloyatlarning fermerlari, dehqon xo‘jalik a’zolari, xususiy tomorqa egalari vaissiqxonalar mas’ul xodimlariga ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida shuningdek, ilm-fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi samaradorligini ta’minlash, ilm-fan yutuqlarini qishloq xo‘jaligi sohasiga joriy etish, qishloq xo‘jaligi sohasining respublikamiz iqtisodiyotida tutadigan o‘rnini oshirishda yangi innovatsion tejamkor texnologiyalarnikiritish orqali ilmiy asoslangan amaliy yordam ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!