Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yangi biostimulyator yaratildi


Respublikamizda kimyo sanoati sohasini rivojlantirish maqsadida  yangi turdagi stimulya­torlar va fungitsid preparatlar yaratishga katta e’tibor berilishi sababli qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini oshirish va o‘simliklarni zararkunanda fitopatogen mikroorganizmlardan himoya qilishda muayyan natijalarga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida “Global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha tizimli chora tadbirlar ko‘rish” vazifalari belgilab berilgan. Bu borada, jumladan, o‘simliklarni himoya qilishning yanada samarali vositalarini yaratish va qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini oshiradigan yangi va arzon preparatlar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari tamonidan Fizik kimyoviy tadqiqotlar labOratoriyasida yangi biostimulyator yaratildi. Uning tarkibi para-nitrobenzoy kislota, mis (II) xlorid tuzi va trietanolamindan iborat bo‘lib, strukturasi rentgenstrukturaviy analiz yordamida tekshirilganda misning biyadroli kompleks birikmasi hosil bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

 

Unga BKM deb nom qo‘yilib, bug‘doy va makkajo‘xorida sinab ko‘rilganda, unib chiqishini 3-4 kunga, barcha fazalarda nazoratga nisbatan  rivojlanishi tezlashishi, hosil shakllanishi va yetilishi 3-5 kunga erta bo‘lishi va hosildorlikni 8-10 sentnerga oshirish imkonini berdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!