馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yangi avlod rentgen difraktometri olimlar xizmatida


O始z F袗 Bioorganik kimyo institutida tashkil etilgan “Ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish markazi” (JFM) da yangi ko始p kanalli Rigaku Oxford Diffraction (Yaponiya) kompaniyasining monokristallar uchun mo始ljallangan “XtalAB Synergy” difraktometri ishga tushirildi.

Rentgen nurining kristal moddadan sochilishi (difraksiyasi) natijasida hosil bo始lgan nurlar (refleks) intensivligini rentgen difraktometri deb ataladigan uskunalar yordamida o始lchanadi. To始plangan eksperimental massiv kristal moddaning tuzilishini programma komplekslari orqali matematik hisob-kitoblar yordamida aniqlash uchun kerak bo始ladi. 袗niqlash usuli rentgen struktura tahlili (RST) deb ataladi.

Deyarli yarim asr davomida RST eksperimentlari “foto metodida” o始tkazilgan, ya始ni difraktsion tasvir rentgen kameralarida plyonkaga tushirib olingan va reflekslarning intensivligi dastlab oddiy ko始z bilan (masalan, birdan o始ngacha bo始lgan shkalada), keyinchalik esa densitometrlar yordamida o始lchangan. Odatda bitta “kichik” organik modda kristalining tuzilishini aniqlash uchun ma始lumotlar yig始ishning o始ziga yillar kerak bo始lgan.

1975-yilda O始zR F袗 Bioorganik kimyo instituti uchun monokristallarga mo始ljallangan rentgen difraktometri Syntex-P21 (袗QSh) sotib olindi. U bir kanalli yoki reflekslarni ketma-ket o始lchovchi murakkab qurilma bo始lib, bitta o始rtacha kattalikdagi birikma kristalidan ma始lumot to始plash uchun 2 kundan bir haftagacha vaqt kerak bo始lar edi. 袗srimizning boshida bir kanalli qurilmalar o始rnini ko始p kanallilari egallay boshladiki, ular difraktsion dastadagi nurlarning bir qanchasini bir vaqtning o始zida qayd etish qobiliyatiga ega bo始ldi.

O始z F袗 Bioorganik kimyo institutida tashkil etilgan JFM uchun 2008-yilda xarid qilingan “Xcalibur Ruby” (Oxford Diffraction, 袗ngliya) (chapda) va joriy yilda sotib olingan takomillashtirilgan “XtalAB Synergy” (Rigaku, Yaponiya) (o始ngda) monokristal difraktometrlari.

2008-yilga kelib O始z F袗 Bioorganik kimyo institutida akademik B.Ibragimovning tashabbusi bilan tashkil etilgan JFMda yangi ko始p kanalli “Xcalibur Ruby” (Oxford Diffraction, 袗ngliya) difraktometri ishga tushirildi. Endi oddiy kimyoviy modda kristalining tuzilishini aniqlovchi RST to始liq eksperimenti uchun 10 soatcha vaqt ketar edi. Ushbu qurilmada nafaqat O始zbekiston, balki Mustaqil hamdo始stlik davlatlari uchun ham minglab eksperiment va ilmiy tadqiqotlar o始tkazildi. Talaba, magistr va yosh olimlar uchun seminar va master klasslar tashkil etildi. Yuzdan ortiq ilmiy maqolalar nufuzli xorijiy jurnallarda chop etildi.

2021-yilda JFM uchun Yaponiyaning Rigaku Oxford Diffraction kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan “XtalAB Synergy” difraktometri xarid qilindi. Oxford Diffraction kompaniyasi ishlab chiqarayotgan difraktometrlar avvalgi difraktometr ishga tushirilgandan keyin o始tgan davrda nihoyatda takomillashgan. Unda birlamchi rentgen nurini ishlatish samaradorligi oshgan va bir hamda ko始p kanalli difraktometrlarning ijobiy tomonlarini qo始llab, eksperiment to始plash tezligi sezilarli oshirilgan. Endi ilgarigi 0.7-1.0 mm kattalikdagi monokristal o始rniga 0.3 mm gacha o始lchamda bo始lgan kristaldan foydalanish mumkin bo始lmoqda. Eksperimentni yakunlash uchun yarim sutka o始rniga 15-30 minut vaqt talab etiladi, ya始ni samaradorlik 30-40 marta oshirilgan. Difraktometrning vaqtini behuda sarflamaslik uchun 0.5-1.0 min davomida o始tkazilgan dastlabki eksperiment natijasida moddaning taxminiy strukturasi aniqlanadi va uni “Kembrij strukturalar banki” ma始lumotlariga taqqoslab, eksperimentni davom ettirish yoki to始xtatish to始g始risida qaror qabul qilinadi.

Shunday qilib, paydo bo始lganidan beri o始tgan bir asrdan ko始proq vaqt davomida RST uchun eksperimental material to始plash bir yildan oylarga, keyin haftalarga, so始ng kunlarga, soatlarga va nihoyat minutlargacha qisqardi. Fanlar akademiyasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan JFM ana shunday imkoniyatga ega bo始lgan yangi rusumdagi eng zamonaviy ilmiy asbob-uskuna bilan jihozlandi. Uning katta imkoniyatlaridan respublikamizdagi barcha strukturaviy kimyo sohasida faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin, faqat kerakli kristallarni tayyorlab, olingan natijalarni tahlil qilib, nufuzli xorijiy ilmiy nashrlarga maqola yozib ulgursalar bas. Yaqin kelajakda esa yanada katta imkoniyatlar paydo bo始lishiga ishonamiz, chunki hozirgi kunda fan va texnikaning shiddatli rivojlanib borishi moddaning tuzilishini xuddi inson a始zolarini rentgenoskopiya usulida bevosita ko始rilganidek bir zumda aniqlay olishimiz mumkin bo始lishini kafolatlaydi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!