O’zbekiston Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi, Birlashgan 袗rab 袗mirliklari Universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori Muxamedov Farrux Maksutovich Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) ning rivojlanayotgan mamlakatlarda ilm-fanni rivojlantirish bo始yicha a始zosi etib saylandi.

F.M. Muxamedov dunyodagi eng yirik nashriyotlardan biri bo始lgan ELSEVIER va STENDFORD universiteti tomonidan dunyoning 2021-yilda Top 2% olimlar qatoriga kiritilgan ma始lumotlar bazasida “dunyoda eng salohiyatli 100 mingta olimlar ro始yxati”ga kiritilgan.
F.M. Muxamedov operatorlar algebralari, kvant statistik mexanikasining modellari, noarhimed analizi va kvant kvadratik operatorlari nazariyalarini rivojlantirishga salmoqli hissa qo始shib kelayotgan olimdir.