Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yadroviy energetikani rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik


2019-yil 19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida “Kritikosti yadroviy sistemalar va yadroviy energetika muammolari” mavzusida Xalqaro ishchi Kengashi seminari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zR FA Yadro fizikasi instituti olimlari, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat Texnika universiteti va Samarqand davlat universitetlari talabalari, shuningdek, Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (Dubna, Rossiya), Belorus davlat universitetining A.D.Saxarov nomidagi Xalqaro davlat ekologiya instituti (Minsk), (“Kurchatov Instituti” Milliy tadqiqot markazining A.I.Alixanov nomidagi Nazariy va eksperimental fizika instituti (Moskva), “Rosatom” atom energiyasi Davlat korporatsiyasi (Dubna, Rossiya)ning yetuk mutaxassislari ishtirok etdi.

  

Kengash jarayonida kritikosti yadro sistemalari (ADS) hozirgi holati va rivojlanish istqbollari, aktinidlar transmutatsiyasi va radiaktiv chiqindilarni utilizatsiya qilish muammolari, ADS uchun yuqori intensivli neytron manbalari, yadroviy-energetik sistemalar uchun yangi ilmiy-texnik ishlanmalar va ularning fizik xarakteristikalarini modellashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu Kengash olimlarning o‘zaro hamkorligini kengaytirishga, xavfsiz yadro energetikasi va radioaktiv chiqindilarni utilizatsiya qilish kabi yadro fanining ustuvor yo‘nalishlari sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni kuchaytirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, Kengash yana uchta asosiy muammoning yechilishi bo‘yicha atom energetikasini rivojlantirishning yangi stimuli bo‘ladi, ular: yadro reaktorlari ekspluatatsiyasining xafvsizligi, AES ishlashida to‘planuvchi radioaktiv chiqindilar bilan muomala qilish, saqlash va qayta ishlash hamda resurslarning mavjudligidir.  Umumiy kuchlar bilan bu masalalarning hal etilishi O‘zbekiston va chet el olimlari o‘rtasidagi o‘zaro ilmiy aloqalarni mustahkamlaydi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu xalqaro Kengash O‘zR FA Yadro fizikasi instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!