Bugungi kundagi zamonaviy tibbiyotning asosiy yutuqlaridan biri yadro fizikasi yutuqlarining tibbiyotga tadbiq etilishidir. O始zR F袗 Yadro fizikasi instituti yadro tibbiyot uchun radioizotoplar ishlab chiqaradi.


Yadro tibbiyoti usullari tibbiyotda aniq tashxis qo始yish va samarali davolashda juda muhim. 袗yniqsa, saraton kasalliklarini davolashda bu yo始nalish katta rol褜 o始ynaydi. Bundan tashqari, bu selektiv terapiya, ya始ni yadro tibbiyoti usullari kasallik o始chog始ini davolashda qo始llaniladi.
Onkologik jarayonlarning erta diagnostikasi tibbiyotning dolzarb masalasi va ulkan yutuqlaridan biri hisoblanadi. Erta tashxis organizmning kasalliklardan erta va to始liq xalos bo始lishi uchun zamin yaratadi. Kimyo terapiyasi va bu turdagi dori vositalarini qabul qilishda ular butun organizmga singadi, bu esa nojo始ya ta始sirlarga sabab bo始ladi. Radioterapiyada esa preparat manzilli tarzda faqat kasallikdan zararlangan maydonlarga yo始llanadi. Onkologiya nuqtai nazaridan preparat faqat o始sma hujayralariga ta始sir qiladi va sog始lom hujayralarga zarar yetkazmaydi. Shu tarzda sog始lom hujayralar va, umuman, organizm bu preparatlarning umumiy ta始siridan zarar ko始rmaydi.
Ikkinchidan, yadro tibbiyotining samarasi juda yuqori. Masalan, hozirgi kunda lyutetsiy-177 asosidagi shunday preparat paydo bo始ldiki, ilmiy tadqiqotlar asosidagi maqolalarga tayanadigan bo始lsak, bu preparat ta始sirida ba始zi turdagi o始smalardan sog始ayish ko始rsatkichi 99 foizgacha yetishi mumkin. Boshqa uslublar bilan hozircha bunday natijalarga erishib bo始lmayapti.
So始nggi 8-10 yil davomida samariy-153 oksabifor preparati keng qo始llanila boshlandi. Bu preparat suyaklardagi kuchli og始riqlar qo始zg始atuvchi o始smalar metastaz berganda va boshqa suyak kasalliklarida og始riqsizlantirish va davolash maqsadida ishlatiladi.
1978-yilda bizda ilk bor texnetsiy-99m radionuklid generatori olingandi. Bu eng universal radionuklid bo始lib, har xil xastaliklarning diagnostikasida ishlatiladi. Bugungi kunda dunyo bo始yicha radionuklidlar ishtirokida o始tkaziladigan barcha tashxis muolajalarining 85 foizdan ortig始i aynan texnetsiy-99m yordamida amalga oshiriladi. Texnetsiy-99m radionuklidini olishda ishlatiladigan molibden−99 radionuklidini Yaponiyaga katta miqdorda yetkazib berish bo始yicha “Sumitomo Corporation” va “Chiyoda Technol Corporation” kompaniyalari bilan muzokaralar o始tkazilmoqda. Bu biz uchun yana bir yangi, yirik eksport bozorini ochish imkonini beradi.