馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yadro tadqiqotlari birlashgan institutiga (Dubna) O始zbekistonning to始laqonli a始zoligi tiklandi


2020-yil 23-noyabrda Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (YaTBI, Dubna, Rossiya) a始zo davlatlari Muxtor vakillar qo始mitasining yillik sessiyasi bo始lib o始tdi.

Ushbu yig始ilish kun tartibiga qo始yilgan masalalardan biri O始zbekiston Respublikasining Yadro tadqiqotlari birlashgan institutiga to始laqonli a始zoligini tiklash masalasi bo始lib, mazkur masala bo始yicha Qo始mita a始zolari tomonidan O始zbekiston Respublikasini Yadro tadqiqotlari birlashgan institutiga to始laqonli a始zoligini 2021-yil 1-yanvardan tiklash qarori qabul qilindi.

O始zbekiston Respublikasining YaTBIga to始laqonli a始zoligi mahalliy mutaxassislarni yirik xalqaro loyihalarda ishtirok etishini hamda yadro texnologiyalari, yadroviy tibbiyot, axborot texnologiyalari va materialshunoslik yo始nalishlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi.

  

foto: jinr.ru

Ma始lumot o始rnida: hozirda Yadro tadqiqotlari birlashgan institutiga Ozarbayjon, Armaniston, Belorusiya, Bolgariya, Vetnam, Gruziya, Qozog始iston, KHDR, Kuba, Moldova, Mo始g始uliston, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Slovakiya, O始zbekiston, Ukraina, Chexiya - 18 ta davlat ta始sischi-a始zo bo始lgan.

Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti – bu yirik xalqaro hukumatlararo tashkilot, dunyoga mashhur ilmiy markaz bo始lib, u eng yangi texnologiyalar rivojlantirish va qo始llash bilan fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvaffaqiyatli birlashtirishning noyob namunasidir. Jahon ilmiy hamjamiyatida mazkur Institutning reytingda juda yuqori.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!