Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yadro fizikasi institutida “Kurchatov instituti” filiali ochilishi masalasi koʻrib chiqildi


Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, fizika-matematika fanlari doktori, professor, “Kurchatov instituti” Milliy tadqiqot markazi prezidenti Mixail Kovalchuk tashrif buyurdi.

 

 

Tashrif davomida ilmiy muassasalar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, jumladan, qo‘shma tadqiqotlar, kadrlar almashinuvi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, Oʻzbekistonda zamonaviy ilmiy infratuzilmani rivojlantirish va yadro fizikasiga oid ilgʻor texnologiyalarni joriy etish borasida fikr almashildi. Tomonlar Yadro fizikasi institutida “Kurchatov instituti” Milliy tadqiqot markazining filialini ochish imkoniyatlarini ham muhokama qildilar. Bu loyiha amalga oshirilsa, Oʻzbekistonda yadro fizikasining rivojlanishiga, ilgʻor ilmiy ishlanmalar yaratilishiga va yosh mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar ochilishiga zamin yaratadi.

 

Uchrashuv yakunida ikki tomon oʻrtasidagi ilmiy-texnik hamkorlikni mustahkamlash, istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!