Bugun, 9-fevral kuni O始zbekiston Milliy matbuot markazida Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti faoliyatiga bag始ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Yadro fizikasi instituti rahbarlari, yetakchi olimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.


O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti nafaqat respublikamizda, balki Markaziy Osiyo hududidagi eng yirik ilmiy tekshirish muassasasi hisoblanadi. Institutda yadro fizikasi, qattiq jismlar radiatsion fizikasi, materialshunoslik, aktivatsion tahlil, radiokimyo, ilmiy asbobsozlik, axborot texnologiyalari yo始nalishlari bo始yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boriladi.
2019-yil 21-noyabrda O始zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yadro fizikasi instituti ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo始llab-quvvatlash chora-tadbirlari to始g始risida”gi PQ-4526-son qarori qabul qilindi. O始tgan bir yildan ortiq vaqt mobaynida ushbu qarorda belgilangan vazifalarni bajarish bo始yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- Institutni 2020 — 2024 yillarda rivojlanish kontsepsiyasi ishlab chiqildi;
- 2020-yil yanvar oyidan boshlab Institut xodimlarining mehnatiga haq to始lash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlari, shuningdek, joriy xo始jalik sarf-xarajatlarining qoplanishi O始zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan amalga oshirilmoqda, ya始ni Institut bazaviy moliyalashtirish tizimiga o始tkazildi;
- Institutning 2030-yilgacha ilmiy izlanish faoliyatini rivojlantirish kontseptsiyasi ishlab chiqildi;
- Institut ilmiy ishlanmalarining doimiy yangilanib turadigan ma始lumotlar elektron bazasi yaratildi;
- Yoshlarni Institut ilmiy faoliyatini izga qo始yish, fan va ta始lim integratsiyasini ta始minlash maqsadida Institutda O始zbekiston Milliy universitetining yadro fizikasi kafedrasi filiali tashkil etildi.
Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta始minlash borasida ishlar davom etmoqda.
Anjumanda ushbu qaror ilmiy faoliyatni, fundamental va amaliy tadqiqotlarni, innovatsion ishlanmalarni yanada rivojlantirish va har tomonlama qo始llab-quvvatlashga, O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining moddiy-texnik, analitik bazasini va kadrlar salohiyatini, shuningdek, yadroviy fanlar, yadro fizikasi va radiatsion texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan hamda uzoq muddatli istiqbolda O始zbekistonda yadro fanlari va texnologiyalarining barqaror samarali rivojlanishini ta始minlash uchun yangi qo始shimcha imkoniyatlarni yaratishi ta’kidlandi.