Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“XX asrda Xalq diplomatiyasining rivojlanishida ilm-fanning oʼrni” mavzusida onlayn videokonferensiya tashkil etildi


Oʼzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazining tashabbusi va Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi, Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti koʼmagida “Tinchlik va taraqqiyot yoʼlida butunjahon ilm-fan kuni”ga bagʼishlangan “XX asrda Xalq diplomatiyasining rivojlanishida ilm-fanning oʼrni” mavzusida onlayn videokonferensiya tashkil etildi.

Videokonferensiyadan koʼzlangan asosiy maqsad turli millat va elatlar vakillari - olimlar, oʼqituvchilar, talabalar, sportchilar, ShHT mamlakatlari ayollari hamjamiyatlarining oʼzaro anglashuvi, bagʼrikenglik munosabatlarini oʼrnatish va yanada rivojlantirishda xalq diplomatiyasi mexanizmlaridan toʼliq foydalanish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim-tarbiya sohalarining xalq diplomatiyasi instituti faoliyatidagi oʼrni va ahamiyatini oʼrganishning muhim masalalari, shuningdek, axborotlashgan jamiyat davrida xalq diplomatiyasining vazifalarini muhokama qilish edi.

Ushbu konfereniyada O’zR FА Botanika instituti direktori, akademik K.Tojiboyev hamda Oʼzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʼyicha Mufoviqlashtiruvchi metodik markazi boʼlim mudiri M.Rahimov ishtirok etdi.

Ilm-fan va taʼlim jamiyat taraqqiyotini olg‘a siljituvchi kuchdir. Shu munosabat bilan yoshlarning oliy oʼquv yurtlariga, shu jumladan, chet davlatlardagi oliy oʼquv yurtlariga kirish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish va ularga shart-sharoitlarni yaratish juda ham zarurligi haqida videokonferensiya davomida taʼkidlab oʼtildi.

Tadbir ishtirokchilari kelgusida shu kabi tadbirlarni muntazam ravishda oʼtkazish haqida kelishib oldilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!