Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xususiy turar-joy binolarining zilzilabardoshligini ta’minlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti olimlari tomonidan xususiy turar-joy binolarining zilzilabardoshligini ta’minlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi.
Mazkur qo‘llanmada fuqarolar uchun zilzila vaqtida tegishli harakat va tadbirlarni amalga oshirish hamda mahalliy xom-ashyodan xususiy uylarni (individual binolarni) qurishda elementar seysmik mustahkamlik choralarini ko‘rish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berilgan.
Seysmik mustahkamlikni ta’minlash bo‘yicha ushbu metodologiyaning ishlab chiqilishi aholi tomonidan xususiy uylar qurilishida ilmiy asoslangan usullardan foydalanishda va natijada seysmik mustahkam uylarning qurilishiga xizmat qiladi.
Uslubiy qo‘llanmaning to‘liq matnini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!