Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xususiy turar-joy binolarining seysmik chidamliligini ta'minlash bo'yicha uslubiy qo'llanma bo'yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan turli xabarlarga O’zbekiston Fanlar akademiyasining rasmiy munosabati


 

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti olimlari tomonidan xususiy turar-joy binolarining seysmik bardoshliligini ta’minlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan.

Ushbu qo‘llanmada fuqarolarga mahalliy xomashyodan xususiy uylar (yakka tartibdagi binolar) qurishda elementar seysmik qarshilik choralarini ko‘rish bo‘yicha zarur tavsiyalar berilgan.

Zilzilalarga chidamlilik bo‘yicha ishlab chiqilgan qo‘llanma aholiga xususiy uy-joylar qurishda dalillarga asoslangan usullarni qo‘llash va buning natijasida zilzilalarga chidamli uylar qurishga yordam beradi.

Qo‘llanmani Fanlar akademiyasining veb-saytida quyidagi havola orqali ko‘rish, tarqatish va bepul yuklab olish mumkin: https://academy.uz/news/xususiy-turar-joy-binolarining-zilzilabardoshligini-taminlash-boyicha-uslubiy-qollanma-ishlab-chiqildi

Ushbu qo'llanma tarqatish uchun Respublika miqiyosidagi turli korxona va tashkilotlarga berilgan.Qo'llanmani yanada kengroq targ’ib etishda ishtirok etsangiz sizdan minnatdor bo'lamiz!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!