馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xushbo始y kalina


Ko始cha va xiyobonlarga qishin-yozin o始zgacha tarovat bag始ishlaydigan manzarali butalar, gullar, yam-yashil maysalar kishini e始tiborsiz qoldirmasligi aniq.

Shunday butalardan biri xushbuy kalinadir. Xushbuy kalinaning vatani Xitoyning shimoliy hududlari hisoblanadi. Bu buta qishga chidamli o始simlik bo始lib, respublikamizning quruq-issiq iqlimiga yaxshi moslashgan. Xushbuy kalina barg chiqarmasdan oldin oq va pushti rangda gullaydi, gullash vaqtida ajoyib yoqimli hid taratadi. Uning yoqimli hidi 50 metr masofadan seziladi. Hidi nafaqat insonlarni balki, hasharotlarni ham o始ziga jalb qiladi.

 

Gullash davomiyligi 25-30 kun. Bo始yi 2,5-3metrgacha, soyaga bardoshli va namlikni xush ko始ruvchi buta. Yoz bo始yi yashil rangda turuvchi barglari kuz faslida qizg始ish tusga kirib ajoyib manzara kasb etadi. Kuzning sovuq kunlarida barg tashlaydi. Tuproqqa talabchan emas. Kesish ya始ni shakl berishga chidamli, o始zini tiklash xususiyati yuqori. Kam hollarda urug始idan, ko始proq qalamchalaridan va parxish qilish yo始li bilan ko始paytiriladi. Chunki O始zbekiston sharoitida bahorgi qor va yomg始ir tufayli urug始 yuqoladi. Qalamchadan ko始paytirish samarali bo始lib, bir yillik novdalar tanlab olinadi va qalamchalar tayyorlanadi. Stimulyatorlar yordamida qisqa muddatda ildiz olib, ko始chat holatiga keladi. Yakka holda va guruh holatida ekish mumkin.

袗yni kunlarda F袗 Toshkent Botanika bog始ida xushbo始y kalina qiyg始os gul ochib, o始z iforini taratib turibdi.

Kalina bog始ga tashrif buyuruvchilarga o始zining xushbuy hidi va chiroyli gullari bilan yaxshi taassurot qoldirishi shubhasiz. Toshkent Botanika bog始iga albatta tashrif buyuring hamda ushbu go始zallikdan bahra oling!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!