Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xorazmshoh Anushteginiylar tarixiga oid yangi asar nashr qilindi


Xorazm Ma’mun akademiyasi va Xorazm viloyati Ma’naviyati va ma’rifat kengashi “Jaloladdin Manguberdi” fondi hamkorlikda “Xorazmiylar izini izlab …” turkumidan yangi kitob nashr qilindi. Yangi nashr Abu Usmon Minhojiddin ibn Sirojiddinning “Taboqati Nosiriy” asaridagi Xorazmshoh Anushteginiylar sulolasi tarixiga bag’ishlangan qismini o’zbek tiliga tarjima qilish asosida amalga oshirildi. Asarni tarjima qilishda Xorazm Ma’mun akademiyasi tayanch doktoranti Ismoilov Shohruxmirzo tarjimon sifatida ishtirok etdi.

“Taboqati Nosiriy” asari muallifning o’zi ko’rgan va guvoh bo’lgan voqealar shuningdek, saroy yozishmalai, tarixiy hujjatlar asosida yaratilgan. Asarda Xorazmshoh Anushteginiylar sulolasiga mansub bo’lgan malik va shahzodalar tarixi, ularning siyosiy faoliyatlari haqida hikoya qilinadi. Shu sababdan asarning o’zbek tiliga bag’ishlangan qismi “Xorazmshohlar sulolasi maliklari” deb nomlangan. “Tabaqoti Nosiriy ”asarining tarixiy ahamiyati shundaki, unda sulola tarixiga tanqidiy ruhda baho berilgan va bugungi kunda Xorazm tarixida deyarli o’rganilmagan sulola vakillari tarixiga ham to’xtalib o’tiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!