Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xorazm viloyatidagi gilxomashyodan tiklangan yodgorliklarning elektron maʼlumotlar bazasi yaratildi


Xorazm Maʼmun akademiyasining “Janubiy Orolboʻyi tarixiy meʼmoriy yodgorliklarining qurilish mareriallarini sinash va taʼmirlash” laboratoriyasi ilmiy-xodimlari Xorazm viloyatidagi gilxomashyodan tiklangan – 37 ta me’moriy yodgorliklar boʻyicha 8 ta punktdan iborat (tarixi, arxitekturaviy kompozitsiyasi, tuzilishi, qoʻllanilgan materiallari va obidaning hozirgi holati boʻyicha) elektron shakldagi maʼlumotlar bazasini yaratdi. Yaratilgan maʼlumotlar bazasi  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan roʻxatdan oʻtkazildi. 

Hozirgi kungacha Xorazm viloyatidagi gilxomashyoli  obyektlar uchun hujjatlar, yaʼni, hajmiy-rejalashtirish, muhandislik-geologik sharoitlari va konstruktiv mustahkamlashga oid tavsiyalar va mavjud boʻlgan barcha paxsadevor meʼmoriy yodgorliklari boʻyicha obyektiv maʼlumotlar bo‘lmagan hamda toʻplangan maʼlumotlar tizimlashtirilmagan. 
Mazkur baza gilxomashyodan tiklangan me’moriy yodgorliklar holatini baholash uchun obida ashyolarining eskirishi, yemirilishi va buzilishining oldini olish, ya’ni ularni oʻz vaqtida taʼmirlash, monitoring qilish imkonini beradi.
Gilxomashyoli meʼmoriy yodgorliklarni saqlash va taʼmirlash ishlarini 30%ga qisqartirishga asos boʻladigan mazkur “Maʼlumotlar bazasi”dan OʻzR Madaniy meros agentligining mutassaddilari uchun foydalanish imkoni yaratildi. Shuningdek, keng jamoatchilikning yaratilgan ma’lumotlar bazasidan qadimiy Xorazm meʼmorchilik tarixiga oid bilimlarini kengaytirish va boyitish bilan birga tarix va turizm yoʻnalishlari boʻyicha fanlarni oʻqitishda qoʻllanilishi mumkin.


Ma’lumot o‘rnida: Xorazm qadimdan davlatchilik, fan va madaniyat, sivilizatsiya markazlaridan biri boʻlganligini, aynan vohada qadimdan paxsadevor bino va inshootlari shaharsozlik madaniyatini shakllantirishda muhim rol oʻynagan. Xorazm vohasida davlatchilikning shakllanishi va shaharsozlikni rivojlanishdagi gilxomashyoli qalʼalarning ahamiyati 2700 yillik tarixga ega va u “Avesto” kitobida  ham keltirilgan. Hozirgi eng zamonaviy qurilish va meʼmorchilikning nazariy va amaliy poydevori shu davrda qo‘yilgan. Ulardan shu davrgacha vohada saqlanib qolganlari 100dan ortiqdir.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!