Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xorazm tarixi va madaniyati o’rganish yo’lida yangi hamkorlik


Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Ma'mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'limi katta ilmiy xodimi Dilmurod Babajonov Qozogʻiston Respublikasi Aqtobe shahrida boʻlib oʻtgan “Yevroosiyo tarixi va madaniyatida Orol-Kaspiy mintaqasi” mavzusidagi III xalqaro ilmiy konferensiyasida ishtirok etib keldi.

 

 

Konferensiya yakunida “Yevroosiyo tarixi va madaniyatida Orol-Kaspiy mintaqasi” ekspeditsiya vakillarining Xiva shahriga tashrifi kelishib olindi. Qozog'istonlik bir guruh olimlarning Xorazm Ma'mun akademiyasi va Ichan qal'a davlat muzey qo'riqxonasi olimlari bilan hamkorlik aloqalarini tiklash, o'lkada yashagan turli millat vakillarining tarixi, madaniyati va san'atini  o'rganish yuzasidan o'zaro hamkorlik memorandumi ham  imzolanadi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!