Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“XORАZM JАDID MАKTАBLАRI” NOMLI MONOGRАFIYa NАShR QILINDI


Xorazm Maʼmun akademiyasi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari boʼyicha falsafa doktori Umid Bekmuhammad va filologiya fanlari nomzodi, dotsent Sayyora Samandar hammuallifligida “Xorazm jadid maktablari” nomli monografiya nashr etildi.

Mazkur monografiyada Xorazm jadidchilik harakatining oʼziga xos xususiyatlari va ularning boshqa hududlardagi maktablardan farqli tomonlari tadqiq qilingan. Shuningdek, Xorazm jadid maktablarining tashkilotchilari, ulardagi taʼlim jarayoni, ilk pedagoglarning hayoti, faoliyati, oʼqitish uslubi tahlil etilgan.

 Shu bilan birga, jadid maktablariga aholining munosabati, oʼquvchilarning taʼlim olishi va ularning keyingi faoliyatlari, taqdiri yoritilgan.

Monografiyaga jadid maktablaridagi darslik, qoʼllanmalar ilova qilingan. Monografiya oliy oʼquv yurtlarining tarix va pedagogika, filologiya fakulteti talabalari, doktorantlar, tadqiqotchilar, oʼrta maktablarning oʼqituvchilari hamda keng omma uchun moʼljallangan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!