O始zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 12-13-dekabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta始minlash maqsadida Xorazm Ma始mun akademiyasi arxeolog olimlari Xorazm arxeologik-etnografik yoshlar ekspeditsiyasining (X袗EYE) dasturini ishlab chiqishdi. Joriy yilning 1-aprel sanasidan boshlab Qal始ajiq qal始ada arxeologik ekspeditsiya ishlari boshlab yuborildi.

Qal始ajiq qal始a Xorazm viloyatining Bog始ot tumanidan janubi-g始arbda, Hazoraspdan 25 km uzoqlikda Qoraqumning qum barxanlari chegarasida joylashgan mil. avv. IV asrga oid yodgorlikdir.
Ekpeditsiya tarkibida Xorazm Ma始mun akademiyasi yetakchi ilmiy xodimi, t.f.n. R. 袗bdrimov, katta ilmiy xodim B. Sa始dullayev, tarix fanlari nomzodi, dotsent Q. Sobirov, tarix fanlari bo始yicha PhD Y. Karimov, akademiyaning tayanch doktorantlari Sh. Raximov, Sh. Ismoilov va J. 袗bdullayevlar hamda Urganch davlat universiteti Tarix fakultetining bir guruh talabalari ishtirok etishmoqda.

Ekspeditsiya ishlariga t.f.n. R. 袗bdrimov, t.f.n. Q. Sobirov, katta ilmiy xodim B. Sa始dullayevlar rahbarlik qilishmoqdalar.
Ekspeditsiyaning birinchi kuni Xorazm arxeologik-etnografik yoshlar ekspeditsiyasining dasturida belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqib talaba yoshlarga arxeologik ekspeditsiya ishlarini tashkil etish uslublari, yo始nalishlari va o始ziga xos qonuniyatlari yuzasidan seminar trening tashkil etildi. Unda talabalar arxeologik tadqiqot ishlariga doir kerakli bilim va ko始nikmalarga ega bo始lishdi.

Ertasiga Xorazm arxeologik-etnografik yoshlar ekspeditsiyasi o始zining amaliy, ya始ni arxeologik tadqiqotlar ishlarini boshlab yuborishdi.
Ekspeditsiya davomida Xorazm viloyat Ma始naviyat va ma始rifat markazi tomonidan ma始naviy-ma始rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Xorazm folklor namunalarining mohir ijrochilari, xalqimiz ardog始idagi san始atkorlar O始zbekiston xalq baxshisi Normat 袗bdullayev, Yetmishvoy 袗bdullayev va 袗bdusharip Quryazovlar ekspeditsiya ishtirokchilariga ma始naviy hordiq ulashdilar.
Xorazm arxeologik-etnografik yoshlar ekspeditsiyasining arxeologik tadqiqotlari ko始tarinki ruhda va qizg始in davom etmoqda. Rejaga ko始ra, ekpeditsiya ishlari bir oy davom etishi ko始zda tutilgan.